Xudaynazarov Dilshod Xushvaqtovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun takomillashgan ozuqalarni tarqatish qurilmasining parametr va ish rejimlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2PhD/T2324     
Ilmiy rahbar: Karshiev Faxriddin Umarovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor; Eshdavlatov Eshpo‘lat Uzoqovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik chorvachilik xo‘jaliklarida maydalangan dag‘al ozuqalarni kam chorva mollariga sarf-harajatlar bilan belgilangan me’yorlar bo‘yicha tarqatadigan qurilmani ishlab chiqish va uning parametrlari hamda ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maydalangan ozuqalarni chorva mollariga bir me’yorda tarqatadigan uchki qismi qayrilgan ikki konsolli kurakchali rotorga ega ozuqa tarqatish qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;  
ozuqa tarqatish qurilmasining ikki konsolli kurakchasi uchki qismining qiyalik burchagi ozuqalarni kam qarshilik bilan ko‘proq miqdorda surib borish shartidan aniqlangan;
ozuqa tarqatish qurilmasi darchasining balandligi tarqatilayotgan ozuqaning oquvchanlik xususiyatini, darchaning eni esa kurakcha bilan surilayotgan ozuqaning hajmiy massasi va vaqt birligi ichida kerakli miqdorda ozuqaning to‘kilishini hisobga olgan holda asoslangan;
to‘kish novining qiyaligi ozuqalarning kam ishqalanish bilan nov ustida erkin harakatlanib, to‘kilishini ta’minlash shartidan, novning uzunligi esa to‘kilgan ozuqa uyumining balandligi, tabiiy uyumlanish burchagi va zichligini hisobga olgan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqalarni tarqatish texnika vositalarining ilmiy-texnik echimlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqa tarqatkichga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan  (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 10-oktyabrdagi 07/24-04/7310-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik xo‘jaliklar uchun energiya-resurstejamkor takomillashgan ozuqa tarqatkich qurilmasini yaratishga erishilgan.
kichik hajmli ozuqa tarqatish qurilmasi Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hamda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 10-oktyabrdagi 07/24-04/7310-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik chorvachilik xo‘jaliklarida ozuqa tarqatish jarayonini mexanizatsiyalash hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni 1,7 martagacha kamayishiga erishilgan;
dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmalarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agromash» AJ da ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 10-oktyabrdagi 07/24-04/7310-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqa tarqatishda qo‘llaniladigan yuqori samarali takomillashgan qurilmani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish