Yusupova Shahloxon Baxodir qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fruktoza difosfat asosida metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi infuzion eritmalar texnologiyasi», 15.00.01- Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Far66.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Vosiljon Rasulovich, farmatsevtika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Xakim Raxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Mirakilova Dilfuza Botirali qizi, farmatsevtika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi «Fosfarginin suksinat» va «Dinotril» infuzion eritmalarining tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish, turg‘unligini ta’minlash, sifatini baxolash va mahalliy farmatsevtik ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor lotin kvadrati 3x3 matematik modellashtirish usuli yordamida «Fosfarginin suksinat» infuzion eritmasining tarkibi aniqlangan;
takrorlanmaydigan ikki omilli matematik modellashtirish usulida  «Dinotril» original infuzion eritmasining optimal tarkibi ishlab chiqilgan; 
fruktoza-1,6-difosfat saqlagan infuzion eritmalarning sifat me’yorlari aniqlangan;
«Fosfarginin suksinat» va «Dinotril» infuzion eritmalari tarkibidagi faol moddalar miqdorining me’yorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Fruktoza difosfat asosida metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi infuzion eritmalar texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Fosfarginin suksinat» infuzion eritmasi uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-22796287-3784-2019) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, № DV/M 02910/12/19). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi infuzion eritmalar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
 «Fosfarginin suksinat» infuzion eritmasi uchun sanoat reglamenti «Temur Med Farm» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (PR 42 Uz 03873/22796287-3117-2021). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi dori preparati uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan; 
«Dinotril» infuzion eritmasining klinik sinovlarini o‘tkazish uchun Etika qo‘mitasi tomonidan ruxsat berilgan (Etika qo‘mitasining 2019 yil 8 avgustdagi 7/38-1198-sonli xatlari). Natijada, inson organizmidagi metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish yo‘li bilan samarali va xavfsiz davolash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish