Shaniyazov Gulmurat Tleumuratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Deformatsiyalanuvchi o‘zanli er kanallarning gidravlik qarshiliklarini hisoblash usullarini takomillashtirish”, 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2964
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Baymanov Kenesbay Ibraimovich texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ernazar Jumaevich – “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti” texnika fanlari doktori professor, 
Ibragimov Ilxom Axrorovich – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro suv resurslarini boshqarish instituti” PhD., dots.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tub gryad rejimini hisobga olgan holda deformatsiyalanadigan kanallarda gidravlik qarshilikni hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
deformatsiyalanadigan kanallarda gryadning balandligi va uzunligini hisobga olgan holda o‘zanda tub gryad rejimining shakllanishning matematik modeli  takomillashtirilgan;
cho‘kindilarning tub gryad harakatini hisobga olgan holda gidravlik ishqalanish koeffisientini hisoblash usuli ishlab chiqigan;
oqimning energiya holatini va gryadning shakllanish bosqichilari asosida o‘zan barqarorligi parametrini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
o‘zanning harakatchanlik parametrini asosida deformatsiyalanadigan kanallarda gidravlik qarshiliklarni matematik modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bog‘lanmagan gruntlarda suv harakatining turli holatida deformatsiyalanuvchi o‘zanli er kanallarining gidravlik qarshiligi usularini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va tavsiyalar asosida:
tub rel`efi, o‘zan shakllari va cho‘kindilar ko‘chishi tezligi xususiyatlarini aniqlash usullari Suenli, Kegeyli va Kuvanishdjarma yirik er kanallarida joriy qilindi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29 sentyabrdagi №03/07-3-298-son ma’lumotnomasi ). Natijada kanallarda tub cho‘kindilar sarfi va ehtimolli o‘zan deformatsiyasini prognozlash imkoni yaratilgan;
o‘zan barqarorligi va kanallar hamda gidrotexnik inshootlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini hisoblash usuli xo‘jaliklararo kanallar uchastkalarida joriy qilindi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29 sentyabrdagi №03/07-3-298-son ma’lumotnomasi). Natijada Amudaryo quyi oqimida er kanallari o‘zanining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yaxshilash hamda kanallar va irrigatsiya inshootlarining samarali va xavfsiz ishlash sharoitini ta’minlash imkoniyati yaratilgan.
gidravlik parametrlar va gidravlik qarshilik, g‘adir-budurlik hamda yuvmaydigan tezlik koeffisientlarini hisoblashning takomillashtirilgan usuli «UzGIP» MChJ institutining Qoraqalpog‘iston sho‘’ba korxonasi tomonidan Kizketken ITB kanali rekonstruksiyasini loyihalashda joriy qilindi. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29 sentyabrdagi №03/07-3-298-son ma’lumotnomasi). Natijada notekis oqim va o‘zan shakllari ta’siri ko‘lamini hisobga olgan holda er kanallari va inshootlarini gidravlik hisoblash usulini yaxshilash imkoni yaratilgan. Natijada kanallarni loyixalashda 1 km tamirlash ishlaridan o‘rtacha 50 000 (ellik mllion) so‘m iqtisod qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish