Abdulxakov Ixtiyor Umarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Endokrin tizimi kasalliklari rivojlanishida hududiy ovqatlanish tartibiga bog‘liq ijtimoiy-gigienik chora-tadbirlarni takomillashtirish». 14.00.07 – Gigiena, 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2716.
Ilmiy rahbarlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nodir Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Normatova Shaxnoza Anvarovna, PhD, dotsent; Mamatova Nodira Muxtorovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekologik noqulay hudud aholisining ovqatlanishini inobatga olgan holda endokrin tizimi kasalliklarining xavf omillarini gigienik va ijtimoiy-gigienik baholashni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kunlik ratsiondagi oliy navli un mahsulotlarini iste’mol qilishni javdar noni va fruktoza saqlovchi mahsulotlar bilan almashtirish orqali qondagi glyukoza miqdorini kamaytirish hisobiga xastalik va uning asoratlari tarqalishining ikki baravar kamayishi asoslangan;
bemorlarning parxez ratsioniga yog‘li go‘sht mahsulotlari o‘rniga quyon va yog‘siz parranda go‘shti, yog‘siz baliq, zaytun moyi va zig‘ir urug‘ining kiritilishi natijasida xastalik xavf omillarining shanslar nisbatini ijobiy tomonga keskin pasaytiradigan gradatsiyalarning ijtimoiy-gigienik ko‘rsatkichlari isbotlangan;
mahalla, qishloq, tuman, shahar va viloyat darajasidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami amaliyotiga barcha katta yoshdagi bemorlarning tana-vazn indeksini hisoblashni kiritish orqali, xavf omillari, qondagi glyukoza, glikirlangan gemoglobin va xolesterin miqdorini korreksiyalash natijasida, oilaviy shifokorning yuklamasini kamaytirish hisobiga ish samaradorlikni oshirish tartibi isbotlangan;
ilk marotaba bemorning salomatligi ko‘rsatkichlarining (jismoniy, ijtimoiy va hayotiy faolligi, tanadagi sezilarli darajadagi og‘riqlar, umumiy salomatlik, hayotiylik, hissiy holat va ruhiy salomatlik) umumiy farovonlik va hayot sifatiga ta’sirini baholash tartibi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Endokrin tizimi kasalliklari rivojlanishida hududiy ovqatlanish tartibiga bog‘liq ijtimoiy-gigienik chora-tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tartibsiz ovqatlanish, ortiqcha tana vazni, semirish natijasida yuzaga keladigan qandli diabet bilan xastlangan patsientlar orasida, oliy navli un mahsulotlarining iste’mol miqdorini javdar noni va fruktoza saqlovchi mahsulotlar bilan almashtirish orqali xududiy ovqatlanish tartibini yaxshilash, karbonsuvlarni kamaytirishga qaratilgan ijtimoiy-gigienik chora-tadbirlar bo‘yicha olingan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida «Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarning ovqatlanishini gigienik baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 martdagi 8n-z/135-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qandli diabet bilan xastlangan patsientlar orasida hududiy ovqatlanish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish, bemorlarning parxez ratsioni tarkibidagi yog‘li go‘sht mahsulotlarini quyon va yog‘siz parranda go‘shtlari, yog‘siz baliq, zaytun moyi, zig‘ir urug‘ini kiritish orqali xastalikning xavf omillarini ijtimoiy-gigienik ko‘rsatkichlari tahlil asosida xastalikni oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-gigienik chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
endokrin tizimi kasalliklari rivojlanishida hududiy ovqatlanish tartibiga bog‘liq ijtimoiy-gigienik chora-tadbirlarni takomillash-tirishni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 avgustdagi 08-09/84-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi endokrin tizimi kasalliklarini oldini olishga qaratilgan hududiy ovqatlanish tartibini yaxshilash, glikemik indeksi past mahsulotlarni ratsionga kiritish, vrachgacha qabul xonalarida tana vazn indeksini davriy nazorat qilish, kasallikning oldini olishga qaratilgan hayot sifatini bemor salomatligi baholash parametrlari ko‘rsatkichlari 41,4 dan 71,7 ni tashkil qilish orqali bemorlarning nogironligini oldini olish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy gigienik chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.