Haqberdiyev Alim Latipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Murakkab texnologik sharoitlar uchun shaxta o‘ziyurar vagoni yurish qismining elektromexanik tizimini takomillashtirish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari, 05.05.01 – Energetika tizimlari va majmualari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3080.
Ilmiy rahbarlar: Toshov Javoxir Buriyevich, texnika fanlari doktori, professor; Rismuxamedov Dauletbek Amanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali huzuridagi DSc.22/30.12.2019.T.98.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Atakulov Laziz Nematovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Shavazov Abdulatif Achilovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shaxta o‘ziyurar vagoni yurish qismining elektr mexanik tizimini qutblari o‘zgaruvchan ikki tezlikli motorlar asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«yulduz-uchburchak-juft yulduz» bazaviy sxemasi asosida m-2m zonali qutblari o‘zgaruvchan chulg‘amlar olish uchun diskret berilgan fazoviy funksiyalar usuli takomillashtirilgan;
«yulduz-uchburchak-ikki yulduz» bazaviy sxema asosida 54 va 72 pazli statorlar uchun qutblari nisbati 3/6 bo‘lgan qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am sxemalari ishlab chiqilgan;
murakkab kon-texnik sharoitlarda shaxta o‘ziyurar vagonlarining harakatiga ta’sir qiluvchi qarshilik kuchlarini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
shaxta yo‘llaring turli qiyalik burchaklarida samarali tortish rejimlari va ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoniyatini beradigan shaxta o‘ziyurar vagonlarining yurish qismini dinamik modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yer osti kon ishlarida tog‘ jinslarini tashishda shaxta o‘ziyurar vagonlarning ish unumdorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
stator pazlari 72 va 54 ta bo‘lganda qutblarining nisbati 12/6 bo‘lgan uch fazali qutblari o‘zgaruvchan chulg‘amlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patentlari olingan (№IAP07010, 21.06.2022 y.; №IAP07240, 26.12.2022 y.). Natijada, elektromagnit ko‘rsatkichlari yaxshilangan va sodda tayyorlash texnologiyasiga ega qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘amli ikki tezlikli asinxron motor yaratish imkonini bergan;
tadqiqot doirasida yaratilgan yangi qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am asosida «ENERGY MOTORS» xususiy korxonasida seriyali ikki tezlikli asinxron motor ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 02-09/7636-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shaxta o‘ziyurar vagonining yuritish qismiga qo‘llash evaziga vagonning bir yillik unumdorligi 5,5% ga oshirish, bir tonna rudaga nisbatan elektr energiyaning solishtirma sarfi 0,42 kVt∙soat/t dan 0,38 kVt∙soat/t gacha kamaytirish, bir yillik elektr energiya sarfini 34452 kVt∙soatga tejash imkonini bergan.