Madaminova Gulzira Gulamkadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarning sotsiolingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishda ta’limiy dramalarning o‘rni (ingliz tili)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1806.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shoxidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chet (ingliz) tili o‘qitishda umumta’lim maktablari 5-9-sinf o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyalarini ta’limiy drama texnologiyasi orqali rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda ta’limiy drama texnologiyasi orqali ularning sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash asosida (bilim olishga ehtiyoj, erkin fikrlash, motivatsiya va qiziqish) o‘quvchilarning ichki olami, ijodiy tanlovining erkinligi, idealizatsiya, stimul va reaktsiyasining yuzaga kelishida rolli o‘yinlarning ustuvorligi aniqlangan;
maktab o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ingliz tili darslarida standart mavzularni ijodiy idrok etish samaradorligini ta’minlashda ularning ijodiy fikrlashining rivojlanishi, shaxslararo munosabatga kirishishi va kommunikatsiyada kinetik bilim olish imkoniyati empirik baholash (mavzu doirasi, ijodiylik, erkin fikrlash) darajasi barqarorligini ta’minlash orqali amalga oshishi isbotlangan;
ingliz tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning rolli o‘yinlarni idrok etish tuzilmasi kuzatuvchanlik, ijrodagi har bir so‘zni anglash, emotsional va obrazli fikrlash, ijodiy tasavvur, empatik qobiliyatga egalik sifatlari zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, motivatsiyani kuchaytirish va o‘quvchilarni faol sub’ektga aylantirishga qaratilgan didaktik ta’minot takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini to‘laqonli rivojlantirishda sotsiolingvistik kompetensiyaga doir mashg‘ulotlar ko‘lamini kengaytirish asosida dars jarayonlariga ta’limiy drama texnologiyasini kiritish zarurati o‘quvchilarning sotsiolingvistik kompetensiyalarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari orasidagi differensial tafovutni aniqlash orqali isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning sotsiolingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishda ta’limiy dramalarning o‘rni (ingliz tili) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda ta’limiy drama texnologiyasi orqali ularning sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash orqali (bilim olishga ehtiyoj, erkin fikrlash, motivatsiya va qiziqish) o‘quvchilarning ichki olami, ijodiy tanlovining erkinligi, idealizatsiya, stimul va reaktsiyasining yuzaga kelishida rolli o‘yinlarning ustuvorligiga oid hulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 266/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada 5-9-sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘qitishda sotsiolingvistik kompetensiyalarni rivojlanirish jarayoni samaradorligi oshgan va umumiy o‘rta ta’lim bosqichida ingliz tilini drama mashg‘ulotlari orqali o‘qitish tizimi metodik resurslar bazasi bilan boyitilgan;
maktab o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ingliz tili darslarida standart mavzularni ijodiy idrok etish samaradorligini ta’minlashda ularning ijodiy fikrlashining rivojlanishi, shaxslararo munosabatga kirishishi va kommunikatsiyada kinetik bilim olish imkoniyati empirik baholash (mavzu doirasi, ijodiylik, erkin fikrlash) darajasi barqarorligini ta’minlashga, ingliz tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning rolli o‘yinlarni idrok etish tuzilmasi kuzatuvchanlik, ijrodagi har bir so‘zni anglash, emotsional va obrazli fikrlash, ijodiy tasavvur, empatik qobiliyatga egalik sifatlari zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, motivatsiyani kuchaytirish va o‘quvchilarni faol sub’ektga aylantirishga qaratilgan didaktik ta’minotiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2022 yil 17 fevraldagi 266/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilar topshiriqlarni xohlab, tashqi bosimsiz, kreativ fikrlash qobiliyatini ishga solgan holda bajarishga ko‘maklashadigan pedagogik usullar va texnologiyalar takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini to‘laqonli rivojlantirishda sotsiolingvistik kompetensiyaga doir mashg‘ulotlar ko‘lamini kengaytirish asosida dars jarayonlariga ta’limiy drama texnologiyasini kiritish zaruratiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi DM “Madaniy-mahrifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bolalar va biz” va “Bolalar uchun” nomli eshittirishlar stsenariylarini tayyorlashda (2021-2022 yillar davomida) foydalanilgan (”O‘zbekiston” DM teleradiokanalining 2022 yil 14 fevraldagi 04\36-358-son ma’lumotnomasi). Natijada 5-9- sinflarda ingliz tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning sotsiolingvistik kompetensiyalarini ta’limiy dramalar orqali rivojlantirish metodikasi ommalashgan.