Raximov Eshmurod Normuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlar iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida soliq salohiyatini oshirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1499.
Ilmiy rahbar: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Narboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlar iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida soliq salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan soliq to‘lovchilardan ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizini mahalliy budjetga undirish tartibini joriy etish zarurligi asoslangan;
soliqdan qochish holatlarini kamaytirish maqsadida qurilish materiallari uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini 5 foizga kamaytirish taklif etilgan;
turizmga ixtisoslashtirilgan hududlarda ayrim savdo va xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini 7 foizga kamaytirish orqali ularning yashirin iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirish taklif etilgan;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun hududlar kesimida soliqning minimal qiymatini belgilash tartibi orqali soliq salohiyatini oshirish mexanizmini takomillashtirish taklif etilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlar iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida soliq salohiyatini oshirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan soliq to‘lovchilardan ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizini undirish tartibini joriy etish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son «O‘zbekiston Respublikasining «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 06/04-32/1328-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublika hududlarining soliq salohiyatini aniqlash mexanizmi takomillashtirilgan va mahalliy budjetlarga qo‘shimcha ravishda 100,0 mlrd. so‘m daromad hisoblanishiga erishilgan;
soliqdan qochish holatlarini kamaytirish maqsadida 2022 yil 1 yanvardan boshlab qurilish materiallari uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini kamaytirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son «O‘zbekiston Respublikasining «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 06/04-32/1328-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq tushumlarining 10 foizga oshishiga, soliqdan qochish holatlarining 30 foizga kamayishiga ijobiy ta’sir etishi hisob-kitob qilingan;
tuman va shaharlar iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida turizmga ixtisoslashtirilgan hududlarda ayrim savdo va xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun aylanmadan olinadigan soliqning stavkasini kamaytirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son «O‘zbekiston Respublikasining «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 06/04-32/1328-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotda qo‘llanilishi turizmga ixtisoslashtirilgan hududlarda ayrim savdo va xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining yashirin iqtisodiyotdagi ulushini 35 foizga kamaytirish, tarmoqqa tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z mablag‘lari hisobidan investisiyalar hajmini 20 foizga va mahalliy budjetlarga tushumlarning 8 foizga oshishiga erishish hisoblangan;
hududlarning soliq salohiyatini oshirish maqsadida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning minimal qiymatini belgilash to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan aprobatsiya sifatida qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 06/04-32/1328-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahalliy budjetlarga qo‘shimcha 90,0 mlrd. so‘m soliq tushumlarining kelib tushishi hisob-kitob qilingan.