Karayev Payzillaxon Yusufxonovichning iqtisodiyot 
doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida xarajatlar hisobi va ichki auditini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt589. 
Ilmiy rahbar: Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdusalomova Nodira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mamlakatimizda davlat oliy ta’lim tashkilotlarida xarajatlar hisobi va ichki auditini uslubiyotini amaliyotga joriy etishni takomillashtirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni, davlat oliy ta’lim tashkilotlari bilan bog‘liq huquqiy asoslarini rivojlantirish, amaliyotga joriy etishdagi ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
budjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritish uchun 710000 (231) - «Byudjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar» sintetik schyoti tarkibida 710100 (231/1) - «Ta’lim granti asosida o‘qitish uchun byudjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar», 710200 (231/2) - «Davlat buyurtmasi asosidagi ilmiy tadqiqot loyihalar uchun byudjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar», 710300 (231/3) - «Ilmiy darajali xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash uchun byudjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar» ishchi schyotlarini kiritish taklif etilgan;
talabalar bilan o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritish uchun 730000 (251) - «Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar» sintetik schyoti tarkibida 730100 (251/1) - «Milliy ta’lim dasturi bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar», 730200 (251/2) - «Qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar», 730300 (251/3) - «O‘qitishning kredit-modul tizimida fanlarni qayta o‘zlashtirish uchun tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar» ishchi schyotlarini kiritish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlar (ishlarni, xizmatlar) ishlab chiqarish xarajatlari hisobini yuritish uchun 180000 (090) - «Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar» sintetik schyot tarkibida 180100 (090/1) – «Ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga xarajatlar», 180200 (090/2) - «Ilmiy-innovatsion maxsulotlar ishlab chiqarishga xarajatlar», 180300 (090/3) – «Nashr xizmatlari ko‘rsatishga xarajatlar» ishchi schyotlarini ochish zarurligi asoslangan;
oliy ta’lim tashkilotlarida xarajatlar bo‘yicha nazorat obyektini belgilash, ichki auditi amallarini tashkil etish dasturi, rejasi va audit hisoboti tarkibiy tuzilishi ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat ta’lim tashkilotlarida xarajatlar hisobi va auditini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
byudjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritish uchun 710000 (231) - «Budjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar» sintetik schyoti tarkibida 710100 (231/1) - «Ta’lim granti asosida o‘qitish uchun byudjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar», 710200 (231/2) - «Davlat buyurtmasi asosidagi ilmiy tadqiqot loyihalar uchun byudjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar», 710300 (231/3) - «Ilmiy darajali xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash uchun byudjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar» ishchi schyotlarini ochish taklifi Namangan muxandislik qurilish institutining 2021 yil 27 dekabrdagi 569-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 apreldagi 02/02-389-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida byudjet mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘larni turlari bo‘yicha tahliliy (analitik) hisobni yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotlardagi axborotlarni ishonchliligi va shaffofligini oshirish imkoniyatini yaratgan;
talabalar bilan o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritish uchun 730000 (251) - «Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar» sintetik schyoti tarkibida 730100 (251/1) - «Milliy ta’lim dasturi bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar», 730200 (251/2) - «Qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar», 730300 (251/3) - «O‘qitishning kredit-modul tizimida fanlarni qayta o‘zlashtirish uchun tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar» ishchi schyotlarini ochish taklifi Namangan muxandislik qurilish institutining 2021 yil 27 dekabrdagi 569-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 apreldagi 02/02-389-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha tahliliy (analitik) hisobni yuritish, shuningdek xorijiy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida mutaxassis kadrlar tayyorlash xarajatlarini alohida hisobini tashkil etish imkoniyati yaratilgan va moliyaviy axborotlarni ishonchliligini oshirishga erishilgan.
Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlar (ishlarni, xizmatlar) ishlab chiqarish xarajatlari hisobini yuritish uchun 180000 (090) - «Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar» sintetik schyot tarkibida 180100 (090/1) – «Ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga xarajatlar», 180200 (090/2) - «Ilmiy-innovatsion maxsulotlar ishlab chiqarishga xarajatlar», 180300 (090/3) – «Nashr xizmatlari ko‘rsatishga xarajatlar» ishchi schyotlarini ochish taklifi Farg‘ona politexnika institutining 2022 yil 22 dekabrdagi 871-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 apreldagi 02/02-389-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi oliy ta’lim muassasalarida rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishda faoliyat ixtisosligi bo‘yicha ishlar, xizmatlar, tovarlar ishlab chiqarish tannarxini ishonchli belgilash hamda ular hisobini aniqliligi va shaffofligini ta’minlash imkonini bergan.
Oliy ta’lim muassasalarida xarajatlar bo‘yicha nazorat obyektini belgilash, ichki auditi amallarini tashkil etish dasturi, rejasi va audit hisoboti tarkibiy tuzilishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 27 avgustdagi 293-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ichki audit xizmati to‘g‘risida»gi Nizomda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 apreldagi 02/02-389-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida ichki audit amallarini samarali o‘tkazishda nazorat obyektlarini belgilash, ichki auditor vazifalari, mas’uliyatini aniqlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish