Ruzieva Dilobar Isomjonovnaning 
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes sub’ektlari investisiya faoliyatini baholash metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit hamda 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti tutash ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt440.
Ilmiy maslahatchi: Gafurov Ubaydullo Vaxobovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Quzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Kasimova Fatima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes sub’ektlari investisiya faoliyatini baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy va uslubiy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes sub’ektlarining investisiya faoliyati” tushunchasi faoliyatning umumiy xo‘jalik yuritish shart-sharoitlari yoki imkoniyatlari bo‘yicha cheklanishlarga ega biznes sub’ektlarining investision daromad olish yoki faoliyatni kengaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar majmui jihatidan takomillashtirilgan;
xo‘jalik yuritish sub’ektlarining investisiya faoliyati iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash uslubiyoti kichik biznes korxonalari faoliyatida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘luvchi diskontlangan foydaning joriy qiymatini joriy investisiyaga nisbati mezonini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
sanoat tarmog‘idagi kichik biznes sub’ektlari investisiya faoliyatini baholash uslubi investisiya faoliyati samaradorligini “xatarli” (0 – 0,25), “maqbul” (0,26 – 0,5), “o‘rta” (0,51 – 0,75), “yuqori” (0,76 – 1,0) chegaralarida baholash shkalasini kiritish orqali takomillashtirilgan;
kichik biznes sub’ektlari investisiya faoliyatini samarali tashkil etish hamda investision risklarning oldini olishda xo‘jalik sub’ektlarining investisiya jarayonlariga moyillik darajasidan kelib chiqqan holda asosiy faoliyat bo‘yicha ijobiy moliyaviy natijaga nisbatan IMDQ ≤ 5%, IMDO‘ ≤ 8%, IMDYu ≤ 10% miqdorda zaxira tashkil etish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes sub’ektlari faoliyatini investisiyalash hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ARIMA modeli asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes sub’ektlari investisiya faoliyatini baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes sub’ektlarining investisiya faoliyati” tushunchasi faoliyatning umumiy xo‘jalik yuritish shart-sharoitlari yoki imkoniyatlari bo‘yicha cheklanishlarga ega biznes sub’ektlarining investision daromad olish yoki faoliyatni kengaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar majmui jihatidan takomillashtirilgan ta’rifi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan «Raqobat strategiyasi» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes sub’ektlari investisiya faoliyatining nazariy-uslubiy asoslari takomillashtirilib, oliy ta’lim tizimi talabalari tomonidan ushbu soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan; 
xo‘jalik yuritish sub’ektlarining investisiya faoliyati iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash uslubiyotini kichik biznes korxonalari faoliyatida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘luvchi diskontlangan foydaning joriy qiymatini joriy investisiyaga nisbati mezonini tatbiq etish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining 2023 yil 8 maydagi №11/04-33/5317-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizdagi kichik biznes sub’ektlarining investisiya faoliyati iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash natijalarining aniqlik darajasi o‘sib, uning turli yo‘nalishlarini yangi mezonlar orqali ifodalash imkoniyati yaratilgan;
sanoat tarmog‘idagi kichik biznes sub’ektlari investisiya faoliyatini baholash uslubini investisiya faoliyati samaradorligini “xatarli” (0 – 0,25), “maqbul” (0,26 – 0,5), “o‘rta” (0,51 – 0,75), “yuqori” (0,76 – 1,0) chegaralarida baholash shkalasini kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining 2023 yil 8 maydagi №11/04-33/5317-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasida sanoat tarmog‘iga kiritilgan investisiyalar hisobiga sanoat mahsulotlari hajmini 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 18,2 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
kichik biznes sub’ektlari investisiya faoliyatini samarali tashkil etish hamda investision risklarning oldini olishda xo‘jalik sub’ektlarining investisiya jarayonlariga moyillik darajasidan kelib chiqqan holda asosiy faoliyat bo‘yicha ijobiy moliyaviy natijaga nisbatan IMDQ ≤ 5%, IMDO‘ ≤ 8%, IMDYu ≤ 10% miqdorda zaxira tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining 2023 yil 8 maydagi №11/04-33/5317-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlarining investisiya jarayonlariga moyillik darajasidan kelib chiqqan holda zaxira tashkil etish orqali ularning YaIMdagi ulushini 1,2 p.p.ga oshirish imkoni yaratilgan; 
O‘zbekiston Respublikasi hududlari va yetakchi tarmoqlari kesimida kichik biznes sub’ektlari faoliyatini investisiyalash hajmining 2030 yilga qadar prognoz ssenariylari O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining 2023 yil 8 maydagi №11/04-33/5317-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030 yilgacha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda istiqbol ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish