Turdimuratov Maqsud Muzaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlash asosida aholi turmush sifatini oshirish», 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1967
Ilmiy rahbar: Xajiyev Baxtiyor Dushaboyevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Anvar Saidmaxmudovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Umarov Ilxomjon Yuldashevich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash asosida aholi turmush sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra muayyan davr mobaynida milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish hajmining aholi jon boshiga nisbatan yoki umumiy iqtisodiyotga nisbatan ortishini ifodalovchi “iqtisodiy o‘sish” tushunchasi milliy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar butun iqtisodiy mexanizmi amal qilishining yakuni, asosiy natijalardan biri nuqtai nazaridan takomillashtirilgan; 
iqtisodiy o‘sishning yangi sifatiga erishishni ta’minlash mexanizmi aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish imkonini beruvchi iqtisodiy jarayonlarning mikro (yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish), mezo (mehnat unumdorligini oshiruvchi mikroklasterlar tashkil etish) hamda makro (faol investisiya siyosati yuritish) darajalaridagi dastaklarini vertikal uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
aholi turmush sifatini oshirish omili sifatida inson salohiyatidan maksimal foydalanish va hududlararo tafovutlarni kamaytirish orqali inklyuziv o‘sish mezonlaridan bo‘lgan kambag‘allik darajasini qisqartirish, institusional o‘zgarishlar asosida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashni tartibga solish mexnizmlari uslubiy jihatdan takomillashtirilgan;
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga mos ravishda aholi turmush sifati oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash asosida aholi turmush sifatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra muayyan davr mobaynida milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish hajmining aholi jon boshiga nisbatan yoki umumiy iqtisodiyotga nisbatan ortishini ifodalovchi “iqtisodiy o‘sish” tushunchasining milliy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar butun iqtisodiy mexanizmi amal qilishining yakuni, asosiy natijalardan biri nuqtai nazaridan takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 30-02-12/6-371-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida milliy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar butun iqtisodiy mexanizmi amal qilishining yakuni, asosiy natijalardan biri sifatidagi “iqtisodiy o‘sish” tushunchasi bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
iqtisodiy o‘sishning yangi sifatiga erishishni ta’minlash mexanizmi aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish imkonini beruvchi iqtisodiy jarayonlarning mikro (yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish), mezo (mehnat unumdorligini oshiruvchi mikroklasterlar tashkil etish) hamda makro (faol investisiya siyosati yuritish) darajalaridagi dastaklarini vertikal uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 30-02-12/6-371-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholi turmush farovonligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari, hududiy aholi turmush farovonligini oshirish mexanizmi va undan samarali foydalanish jarayonlarini tartibga solish usullarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
aholi turmush sifatini oshirish omili sifatida inson salohiyatidan maksimal foydalanish va hududlararo tafovutlarni kamaytirish orqali inklyuziv o‘sish mezonlaridan bo‘lgan kambag‘allik darajasini qisqartirish, institusional o‘zgarishlar asosida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashni tartibga solish mexanizmlarini uslubiy jihatdan takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 30-02-12/6-371-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda kambag‘allikni kamaytirish tendensiyalarini mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
    hududlarda iqtisodiy o‘sish darajasini oshirish, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, zarur infratuzilmani shakllantirishga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning konseptual yo‘nalish va vazifalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 30-02-12/6-371-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida hududlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning o‘ziga xos yo‘llarini ishlab chiqishga asos bo‘lgan;
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga mos ravishda aholi turmush sifati oshirishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 30-02-12/6-371-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga mos ravishda aholi turmush sifati oshirishning uzoq muddatli istiqbol ko‘ratkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish