Mirzayev Bobur Soyibjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston respublikasida sug‘urta kompaniyalarining iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish”,
08.00.06 - Ekonometrika va statistika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2168
Ilmiy rahbar: Nasretdinova Shaxnoza Saidakmalovna, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Rasmiy opponentlar: Shermuxamedov Abbos Toirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xo‘jaqulov Xayitmurod Djovliyevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta kompaniyalarining iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqib, uning sug‘urta munosabatlari tizimidagi o‘rni asoslanib, xalqaro andozadagi Solvency II nizomining o‘rni va uni respublikamiz sug‘urta kompaniyalari faoliyatiga joriy qilishning uslubiy jihatlari, imkoniyatlari va yo‘nalishlari aniqlangan;
vaqtli qatorlar yordamida, hududlar kesimidagi panel ma’lumotlari hamda ta’sir etuvchi omillar asosida sug‘urta kompaniyalarining faoliyatini kompleks baholash maqsadida sug‘urta mahsulot va xizmatlarini ishlab chiqarishining raqobatbardoshligini ekonometrik modellari tuzilgan.
mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror va ishonchli taraqqiyotini ta’minlashda sug‘urta faoliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini e’tiborga olib, sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy resurslari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, tamoyillar, mezonlar va integral ko‘rsatkichlar tizimi baholangan;
panel ma’lumotlaridan foydalanilgan holda mamlakatimizda sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy resurslari hamda sug‘urta mukofotlari hajmining o‘rta muddatli (2023-2026 yy) prognoz variantlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari faoliyatini ekonometrik usullar bilan baholash va prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqib, uning sug‘urta munosabatlari tizimidagi o‘rni asoslanib, xalqaro andozadagi Solvency II nizomining o‘rni va uni respublikamiz sug‘urta kompaniyalari faoliyatiga joriy qilishning uslubiy jihatlari, imkoniyatlari va yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar “TEMIRYO‘L SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati amaliy faoliyatiga joriy etilgan (“TEMIRYO‘L SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 14 martdagi 312/1-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida sug‘urta kompaniyasi faoliyatini xalqaro andozalar asosida baholash imkoniyatlari oshgan;
sug‘urta faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqib, sug‘urta faoliyati ma’lumotlarini tahlil qilish jarayonida vaqtli qatorlar yordamida hududlar kesimidagi panel ma’lumotlaridan hamda ta’sir etuvchi omillardan foydalanilgan. Shuningdek, sug‘urta kompaniyalarining faoliyatini kompleks baholash maqsadida sug‘urta mahsuloti va xizmatlarini ishlab chiqarishining raqobatbardoshligini ekonometrik modellarini tiuzish bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining 2023 yil 26 apreldagi 01/1-07-16/1-31-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi sug‘urta mahsuloti va xizmatlarini ishlab chiqarishining raqobatbardoshligini baholash va ekonometrik usullarda tahlil qilish imkoniyatlarini oshirgan;
mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror va ishonchli taraqqiyotini ta’minlashda sug‘urta faoliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olib, sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy resurslari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, tamoyillar, mezonlar va integral ko‘rsatkichlar tizimi baholash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining 2023 yil 26 apreldagi 01/1-07-16/1-31-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy resurslari integral ko‘rsatkichlar orqali haqqoniy baholash imkonini berdi;
panel ma’lumotlaridan foydalanilgan holda mamlakatimizda sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy resurslari hamda sug‘urta mukofotlari hajmining o‘rta muddatli (2023-2026 yy) prognoz variantlari “GROSS sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati amaliy faoliyatiga joriy etilgan. (“GROSS sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 23 dekabrdagi 01/1947-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi prognoz natijalarini ishonchliligini oshirib, o‘rta muddatli istiqbolda sug‘urta mukofotlari hajmini oshirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishga xizmat qilgan.