Yaxyaev Nodir Sharifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy neft` shlamlari asosida ikkilamchi bitumlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T1515.
Ilmiy rahbar: Muxtorov Nuriddin Shamshidinovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Azimova Shodiyaxon Abrarovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft` shlamlarini termooksidlash jarayonida hosil bo‘lgan kub qoldiqlarini oltingugurt va soapstok bilan modifikatsiyalash orqali ikkilamchi bitumlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft` shlamlarini termooksidlash jarayoni yordamida olingan kub qoldiqlarning fizik-mexanik xususiyatlari va kimyoviy tarkibining o‘zgarishi oksidlanish davomiyligiga bog‘liqligi aniqlangan;
kub qoldiqlari oltingugurt va soapstok yordamida modifikatsiyalanganda ularning fizik-mexanik xossalari o‘zgarganligi isbotlangan;
standart qurilish bitumining fizik-mexanik xususiyatlariga yaqin bo‘lgan kub qoldig‘iga uchdan bir qism oltingugurt saqlagan soapstok modifikatorini hissasi 12% ni tashkil etganda, ikkilamchi qurilish bitumi olish mumkinligi isbotlangan;
standart yo‘l bitumining fizik-mexanik xususiyatlariga yaqin bo‘lgan kub qoldig‘iga 15% texnik oltingugurt va 12% soapstok qo‘shganda sifatli ikkilamchi yo‘l bitumini olish mumkinligi isbotlangan;
modifikatsiyalangan kub qoldiqlari asosida qurilish va yo‘l bitumlarini o‘rnini bosa oladigan ikkilamchi bitum olish resepturasi ishlab chiqilgan;
sifatli va arzon qurilish materiallari, hamda asfal`t qorishmasini ishlab chiqarish uchun ikkilamchi bitumlarini olish texnologiyasi amaliy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikkilamchi qurilish va yo‘l bitumlarini olish orqali chiqindi neft` shlamini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy neft` shlamlari asosida ikkilamchi bitumlarni olish texnologiyasi “O‘zbekneftgaz” AJning “2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan. (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 28 fevraldagi 02/28-05/20-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` shlamini termooksidlab olingan kub qoldig‘larini oltingugurt hamda soapstok moddalari bilan modifikatsiyalab ikkilamchi qurilish va yo‘l bitumlarni olish imkoniyatlarini beradi;
neft` shlamini termooksidlab olingan kub qoldig‘ini texnik oltingugurt va soapstok bilan modifikatsiyalab olingan ikkilamchi bitum “Romitan Avtoban Trans” MChJda yo‘l qoplamasi (asfal`t) qorishmasini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 28 fevraldagi 02/28-05/20-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` shlamini termooksidlab olingan kub qoldiqlari va modifikatorlar asosida izolyasion qoplama sifatida ishlatiladigan qurilish bitumini hamda sifatli asfal`t qorishmasini tayyorlash uchun yo‘l bitumini ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish