Shukurov Bahriddin Shodiqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metanni katalitik degidroaromatlash reaksiyasi uchun katalizator olish texnologiyasi», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3550.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Normurot Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ikromov Abduvahob, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metanni katalitik degidroaromatlash reaksiyasi uchun mahalliy xomashyo asosida yangi katalizator olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metanni katalitik degidroaromatlash jarayoni uchun yuqori faollik, unumdorlik, selektivlikka ega bo‘lgan yangi katalizatorlar sintez qilingan;
metanni katalitik degidroaromatlash reaksiyasi uchun sintez qilingan (MoO3)x∙(ZrO2)y∙(ZnO)z/YuKS tarkibli katalizatorning tekstur xarakteristikalari aniqlangan;
sintez qilingan katalizatorlar ishtirokida metanni katalitik degidroaromatlash reaksiyasining kinetik qonuniyatlari: dastlabki moddalarning o‘zgarish tezligi, reaksiya kinetik modeli, konversiya tezligi va jarayonning maqbul rejimini tanlashga turli omillarning ta’siri ilmiy asoslangan;
oqimli reaktorda sintez katalizator ishtirokida reaksiyaning kinetik qonuniyatlari va reaksiyaning borish mexanizmlari taklif etilgan hamda jarayonlarni ifodalaydigan kinetik tenglamalar tanlangan va ilmiy asoslangan;
metanni katalitik degidroaromatlash reaksiyasi uchun katalizator olish texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
BTK (benzol, toluol va ksilol) sintezining ilmiy asoslari ishlab chiqilgan hamda metanni degidroaromatlash jarayonining texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metanni katalitik degidroaromatlash orqali aromatik uglevodorodlar sintezi uchun katalizatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metanni katalitik degidroaromatlash reaksiyasi uchun 1,0%Zr-6,0%Mo/ YuKS katalizator “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2020 yil 30 avgustdagi 932/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, 7500S da metanning konversiyasi va aromatik uglevodorodlar chiqishi unumi mos ravishda 38,7% va 32,3% ga hamda aromatik uglevodorodlarga nisbatan katalizator selektivligi 600-7500S da 61,5% dan 83,5% gacha oshirish imkonini bergan;
1,0%Zn-1,0%Zr-6,0%Mo/YuKS tarkibli yangi katalizator ishtirokida metanni katalitik degidroaromatlash texnologiyasi “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2020 yil 30 avgustdagi 932/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilingan 1,0%Zn-1,0%Zr-6,0%Mo/YuKS katalizator metanni degidroaromatlash reaksiyada 600-7500S oralig‘ida metanning umumiy konversiyasini 10,9 dan 47,2% gacha, aromatik uglevodorodlar unumi 8,7 dan 42,3% gacha va aromatik uglevodorodlarning hosil bo‘lish selektivligini 80,5% dan 89,6% gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish