Kuchkarova Noila Xusnitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Modifikatsiyalangan ion almashinish polimerlarini olish texnologiyasi va ularning qo‘llanilishi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2804.
Ilmiy rahbar: Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdutalipova Nellya Muddarisovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: standart KU-2-8 sanoat ion almashinuvchi polimerni titan (IV) tuz qo‘shib kimyoviy modifikatsiyalash, KU-2-8-Ti(OH)3 ioniti olish texnologiyasini yaratish va suv tayyorlash bo‘limlarida qo‘llashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
standart KU-2-8 ion almashinish polimeriga TiO2  ning 5%, 10%, 20%, 30%-li HCl, HNO3, H2SO4 kislotalari asosidagi tuzlari bilan -Ti(OH)3 funksional guruhlari kiritilib kimyoviy modifikatsiyalangan;
modifikatsiyalangan ion almashinuvchi polimeriga kiritilgan –Ti(OH)3 funksional guruhlarning ionlanish konstantalari, dinamik hamda statik sharoitlarda ion almashinish sig‘imlari shuningdek fizik-kimyoviy parametrlari  aniqlangan;
IQ-spektroskopiya, element tahlili va skanirlovchi elektron mikroskop (SEM) tahlillari asosida modifikatsiyalangan KU-2-8-Ti(OH)3 ion almashinish polimerining mikrostrukturasi isbotlangan; 
modifikatsiyalangan ion almashinish polimerining termik va mexanik mustahkamligini 476 C haroratda funksional guruhlaridagi kimyoviy bog‘lar energiyasi 225,94 kDj/mol` ekanligi isbotlangan; 
modifikatsiyalangan ionalmashinish polimerining mis (II) ionlarini sorbsiyalash mexanizmi koordinatsion bog‘lanish asosida oktoedrik konfiguratsiya – Cu(H2O)2+6 hosil qilib bog‘lanishi isbotlangan; 
standart KU-2-8 sanoat ion almashinuvchi polimeri molekulalariga titan (IV) tuzi kiritish bilan kimyoviy modifikatsiyalab, KU-2-8-Ti(OH)3 ioniti olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Standart KU-2-8 sanoat ion almashinuvchi polimerni titan (IV) tuz qo‘shib kimyoviy modifikatsiyalash, KU-2-8-Ti(OH)3 ioniti olish texnologiyasini yaratish va suv tayyorlash bo‘limlarida qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
noyob va rangli metall ionlarini selektiv sorbsiyalovchi yangi turdagi funksional - Ti(OH)3 guruhlarga ega ion almashinuvchi polimer olish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 16 martdagi 01-23/61-0083-son ma’lumotnoma). Natijada, suvdagi mis, rux, temir ionlarini sorbsiyalash xususiyatlariga ega yangi modifikatsiyalangan KU-2-8-Ti(OH)3 ion almashinish polimeri ishlab chiqarish imkonini bergan;
standart KU-2-8 ion almashinish polimeriga titan (IV) tuzlarini kiritish orqali kimyoviy modifikatsiyalab olingan KU-2-8-Ti(OH)3 bilan suvni yumshatish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «Suv tayyorlash» bo‘limida ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 16 martdagi 01-23/61-0083-son ma’lumotnoma). Natijada, sho‘r suvning umumiy qattiqligini 0,1-0,15 mgekv/g, ishqoriyligini 4,6-4,8 mg/dm3, quruq qoldiq miqdorini 180-190 mg/dm3 gacha kamaytirib, tuzsizlantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish