Narimbetova Zaxiya Axmedovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumiy o`rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida o`quvchilarning geometrik kompetensiyalarini rivojlantirish (10-11 sinflar misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro`yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1660.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Tursunov Ikromjon Gulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko`rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdunazar Toshboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tilegenov Asqar pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo`nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositasida umumiy o`rta ta’lim maktablari yuqori sinf o`quvchilarining geometrik kompetensiyalarini rivojlantirish bo`yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositasida umumiy o`rta ta’lim maktablari yuqori sinf o`quvchilarining geometrik kompetensiyalarini rivojlantirish omillari hamda pedagogik shart-sharoitlarini axborot-kommunikatsion va pedagogik texnologiyalarnini integraysiyalash asosida samarali hamkorlikdagi faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
umumiy o`rta ta’lim maktablari yuqori sinf o`quvchilarining geometriyaga oid kompetensiyalarini rivojlantirishda masofaviy ta’lim va elektron-modulli axborot-kommunikatsion texnologiyalari imkoniyatlari o`quvchilarda geometriya bo`yicha kompetensiyalarni shakllantirish bosqichlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatga oid, amaliy) mazmuniga virtual laboratoriya vositalari asosida amalga oshiriladigan didaktik vazifalarni kiritish asosida kengaytirilgan;
axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositasida umumiy o`rta ta’lim maktablari yuqori sinf o`quvchilarining geometrik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ta’lim jarayonida ma’lumotlarni taqdim etishning har xil shakllaridan foydalanish, amaliy xarakterdagi geometrik vazifalarni kompleks modellashtirish hamda o`quvchilarning o`z-o`zini va o`zaro bir-birini baholash texnologiyalari asosida takomillashtirilgan; 
umumiy o`rta ta’lim maktablari yuqori sinf o`quvchilarining geometrik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonida axborot-kommunikatsion masofaviy ta’lim va elektron modulli texnologiyalardan foydalanish mexanizmlari o`quvchilarning o`quv faoliyatini tashkil etish jarayonida o`quv loyihalarini yaratish va amalga oshirish orqali takomillashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositasida umumiy o`rta ta’lim maktablari yuqori sinf o`quvchilarining geometrik kompetensiyalarini rivojlantirish omillari hamda pedagogik shart-sharoitlari axborot-kommunikatsion va pedagogik texnologiyalarni integratsiyalash, o`quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etish, samarali hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish orqali aniqlashtirishga oid takliflardan:
umumiy o`rta ta’lim maktablari yuqori sinf o`quvchilarining geometriyaga oid kompetensiyalarini rivojlantirishda masofaviy ta’lim va elektron-modulli axborot-kommunikatsion texnologiyalari imkoniyatlari o`quvchilarda geometriya bo`yicha kompetensiyalarni shakllantirish bosqichlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatga oid, amaliy) mazmuniga virtual laboratoriya vositalari asosida amalga oshiriladigan didaktik vazifalarni kiritish bo`yicha takliflar “Informatika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i asosida berilgan 500-137-son nashr ruxsatnomasi). Natijada umumiy o`rta ta’lim maktablari yuqori sinf o`quvchilarining geometrik kompetensiyalarini rivojlantirishga oid didaktik materiallar samaradorligi ta’minlashga erishilgan;
axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositasida umumiy o`rta ta’lim maktablari yuqori sinf o`quvchilarining geometrik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ta’lim jarayonida ma’lumotlarni taqdim etishning har xil shakllaridan foydalanish, amaliy xarakterdagi geometrik vazifalarni kompleks modellashtirish hamda o`quvchilarning o`z-o`zini va o`zaro bir-birini baholash texnologiyalarini joriy etishga oid tavsiyalardan MRB-OT-2019-23 raqamli “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlarni tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 19-apreldagi 02-07-1089/04-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning geometrik kompetensiyalarini rivojlantirishda axborot-kommunikatsion masofaviy ta’lim va elektron-modulli texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
umumiy o`rta ta’lim maktablari yuqori sinf o`quvchilarining geometrik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonida axborot-kommunikatsion masofaviy ta’lim va elektron modulli texnologiyalardan foydalanish mexanizmlari o`quvchilarning o`quv faoliyatini tashkil etish jarayonida o`quv loyihalarini yaratish va amalga oshirish, ularning individual qobiliyatlarini aniqlash usullarini, universal o`quv harakatlarini shakllantirish vositalarini, kognitiv ko`nikmalarini baholashning turli usullarini qo`llash orqali takomillashtirishga oid takliflar “Informatika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500 sonli buyrug‘i asosida berilgan 500-137 son nashr ruxsatnomasi). Natijada umumiy o`rta ta’lim maktablarida o`quvchilarning geometrik kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish