Eshboyeva Surayyo Qaxramon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2912.
Ilmiy rahbar: Norbo‘tayev Xo‘shboq Bobonazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03. 
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumayevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurullayeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni o‘ziga xos xususiyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirishning metodik tuzilmasi motivatsion-shaxsiy va komponentlarini aniqlashtirish hamda kognitiv-kreativ, jarayonli-integrativ mezonlarining natijadorligini ta’minlashga qaratilgan samarador integratsion-didaktik muhitni yaratish asosida shakllantirilgan;
 boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda o‘z-o‘zini korreksiyalash va hissiyotli-qadriyatli munosabatlarga asoslangan kreativlikka yo‘naltirilgan muammoli topshiriqlarni tuzish va yechish tamoyillari hamda ijodiy va amaliy mazmundagi ilmiy, nazariy-metodologik asoslari takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirishning shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish, mulohaza yuritish, munosabat bildirish, bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirishning ijtimoiy-madaniy va pragmatik tarkibiy qismlarini rivojlantirish, samaradorlik darajasini tajriba-sinov ishlari orqali aniqlash hamda internallik darajasi va yaxlitligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida undan samarali foydalanish yo‘llari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy -tadqiqot natijalari: 
 boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish mazmunining tarkibiy qismi bo‘lgan kommunikativ va metodik kompetensiyalar komponentlarini (maqsadli, motivatsiyali, mazmunli-instrumental va refleksiv baholash) bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalari yuzasidan xulosalat umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida shakllantirishga yo‘naltirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 1 dekabrdagi 01/11-01/9-1811-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuv asoslarini zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan metodlardan foydalanish imkoniyati qamrovi ortgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish va ularni amaliyotga joriy etish maqsadida o‘quvchilar kreativ faoliyatini takomillashtirishning interfaol ta’limga asoslangan tizimi muammoli-izlanishli-kreativ vaziyatlarni intensiv qo‘llashga doir izlanishli, evristik, loyihaviy va amaliy taklif va tavsiyalardan umumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta’lim fanlari konsepsiyalarida, DTS va boshlang‘ich sinf darsliklari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 1 dekabrdagi 01/11-01/9-1811-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish jarayoni, o‘quvchilar iqtidori, qobiliyati, layoqati va qiziqishlarini aniqlashga yo‘naltirilgan metodik tizim va kompetensiyalarini yangi vaziyatlarda qo‘llash mazmuni Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga mufoviq 2020-2022 yillarda bajarilgan “Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar bilimini takomillashtirish va umumiy rivojlantirishning psixologik-pedagogik aspektlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 1 dekabrdagi 01/11-01/9-1811-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirishning modernizatsiyalashgan tizimini yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish