Karjavova Xurshida Abdumalikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalla tizimida ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/iqt2134
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06
Rasmiy opponentlar: Norchayev Asatullo Norbo‘tayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalmuratov Quanish Polatovich, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi bilan aholi ehtiyojlarining mosligini ta’minlash, sifatli “servis” xizmatini ta’minlashda raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan keng foydalanish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning yangi standartlarini va uni tashkil etishning takomillashtirilgan mexanizmlarini yaratish orqali yuqori samaradorlikka va xizmatlar bozorida raqobatbardoshlikka yerishish bo‘yicha ilmiy-innovatsion tadqiqotlar asosida ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va sertifikatlash, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish orqali yoshlar va xotin-qizlar faolligini oshirish hamda ish o‘rinlarini kvotalash asosida mahalla darajasida ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar tarkibini diversifikatsiyalash taklifi asoslangan;
mahalla tizimida ijtimoiy xizmatlar samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni ekspert baholash usuli ijtimoiy xizmatlar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy omillarning ta’sir darajalarini «kuchsiz» (0,1-0,5), «o‘rtacha» (0,51-0,75) va «kuchli» (0,76-1,0) mezonlari bo‘yicha guruhlash asosida takomillashtirilgan;
mahalla tizimida «Onlayn mahalla» platformasi integratsiyasini shakllantirish orqali «mahalla hududida barcha xizmatlardan foydalanishni ta’minlash» tamoyili asosida ijtimoiy va davlat xizmatlari ko‘rsatishni joriy etish taklifi asoslangan;
iste’molchilar tanlovini oshirish, xizmatlarga maqsadli talabni qo‘llab-quvvatlash, xizmatlar sifatini yaxshilash, byudjet mablag‘larini yetkazib berishni iste’molchi qarori asosida qabul qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy vaucherlar texnologiyasini qo‘llash afzalliklari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalla tizimida ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va sertifikatlash, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish orqali yoshlar va xotin-qizlar faolligini oshirish hamda ish o‘rinlarini kvotalash asosida mahalla darajasida ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar tarkibini diversifikasiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 01/00-03/19-11954-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish sohada ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan talabni aniqlash asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
mahalla tizimida ijtimoiy xizmatlar samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni ekspert baholash usuli ijtimoiy xizmatlar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy omillarning ta’sir darajalarini «kuchsiz» (0,1-0,5), «o‘rtacha» (0,51-0,75) va «kuchli» (0,76-1,0) mezonlari bo‘yicha guruhlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 01/00-03/19-11954-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mahallalarda ijtimoiy xizmatlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning darajasini baholash va ushbu xizmatlarni rivojlantirish strategiyasini aniqlash imkonini bergan;
mahalla tizimida «Onlayn mahalla» platformasi integrasiyasini shakllantirish orqali «mahalla hududida barcha xizmatlardan foydalanishni ta’minlash» tamoyili asosida ijtimoiy va davlat xizmatlari ko‘rsatishni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 01/00-03/19-11954-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mahalla tizimida taqdim qilinayotgan ijtimoiy xizmatlarni raqamlashtirish orqali xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish hamda qilinayotgan xarajatlarni 2,5 martaga kamaytirish imkonini bergan;
iste’molchilar tanlovini oshirish, xizmatlarga maqsadli talabni qo‘llab-quvvatlash, xizmatlar sifatini yaxshilash, byudjet mablag‘larini yetkazib berishni iste’molchi qarori asosida qabul qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy vaucherlar texnologiyasini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 01/00-03/19-11954-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish ijtimoiy vaucher texnologiyasini qo‘llash xizmat ko‘rsatuvchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish hamda xizmatlar raqobatbardoshligini oshirish imkonini bergan.