Butanova Dilnoza Rustamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi rivojlanishi tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish (Xorazm viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2543.
Ilmiy rahbar: Abdullayev Ilyos Sultanovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sauxanov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi rivojlanishi tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish asosida sohani barqaror va yuqori sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyatida qishloq xo‘jaligini o‘sish sur’atini tavsiflovchi statistik ko‘rsatkichlari (o‘rtacha kvadratik chetlanish (3,6, 7,2, 2,2), kurtoz (-0,3, 0,6, -0,8), assimetriy (0,3, -0,4, -0,6)) asosida barqarorlik darajalari va yalpi qishloq xo‘jaligiga sohalar ta’siri miqdoriy baholangan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda sub’ektlar ta’siri elastiklik koeffisienti asosida baholangan, yalpi qishloq xo‘jaligi (0,70) va chorvachilik (0,94) mahsulotlarini yaratishda dehqon xo‘jaliklari, dehqonchilik (0,50) mahsulotlarini yaratishda fermer xo‘jaliklari roli yuqori ekanligi asoslanilgan; 
qishloq xo‘jaligida bir gektar ekin maydoniga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdorini dehqonchilik (0,08) va chorvachilik (0,86) bo‘yicha hamda dehqon (0,77) xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar (0,08) bo‘yicha elastiklik koeffisientlarini aniqlash asosida sohalar va sub’ektlarning samaradorlikka ta’sirini baholash modellari ishlab chiqligan;
qishloq xo‘jaligi, xususan dehqonchilik va chorvachilikda mahsulot ishlab chiqarishning istiqboldagi 2023–2027-yillarga prognoz ko‘rsatkichlari ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi rivojlanishi tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm viloyatida qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik va chorvachilik o‘sish sur’atini tavsiflovchi statistik ko‘rsatkichlari (o‘rtacha kvadratik chetlanish (3,6, 7,2, 2,2), kurtoz (-0,3, 0,6, -0,8), assimetriy (0,3, -0,4, -0,6)) asosida barqarorlik darajalari va yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti o‘sish sur’atiga sohalar ta’sirini miqdoriy baholash bo‘yicha berilgan taklif Xorazm viloyat xokimining 2022-yil 28-iyuldagi “Viloyatda 2023-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi 350-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 13-apreldagi №05-6/1671-son ma’lumotnomasi). Bu esa, o‘z navbatida, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishdagi tavakkalchilik hamda chorvachilik va dehqonchilikdagi o‘zgarishlarni yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotini o‘sish sur’atiga ta’sirini baholash imkoniyatini yaratgan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda sub’ektlar ta’siri elastiklik koeffisienti asosida 
baholangan, yalpi qishloq xo‘jaligi (0,70) va chorvachilik (0,94) mahsulotlarini yaratishda dehqon xo‘jaliklari, dehqonchilik (0,50) mahsulotlarini yaratishda fermer xo‘jaliklari roli bo‘yicha berilgan taklif Xorazm viloyat xokimining 2022-yil 28-iyuldagi “Viloyatda 2023-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi 350-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 13-apreldagi №05-6/1671-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘sish sur’atini dehqonchilikni rivojlantirish asosida 2,5 foizga, chorvachilikni esa 3,3 foizga oshirish imkoniyatini yaratgan;
qishloq xo‘jaligida bir gektar ekin maydoniga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdorini dehqonchilik (0,08) va chorvachilik (0,86) bo‘yicha hamda dehqon xo‘jaliklari (0,77), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar (0,08) bo‘yicha elastiklik koeffisientlarini aniqlash asosida sohalar va sub’ektlarning samaradorlikka ta’sirini baholash modellari bo‘yicha berilgan taklif Xorazm viloyat xokimining 2022-yil 28-iyuldagi “Viloyatda 2023-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi 350-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 13-apreldagi №05-6/1671-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash chorvachilikni rivojlantirish orqali samaradolikni 3,0 foizga oshirish imkoniyatini yaratgan;
qishloq xo‘jaligi, xususan dehqonchilik va chorvachilikda mahsulot ishlab chiqarishning istiqboldagi 2023-2027-yillarga prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha berilgan taklif Xorazm viloyat xokimining 2022-yil 28-iyuldagi “Viloyatda 2023-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi 350-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2023-yil 13-apreldagi №05-6/1671-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish