Qoraeva Latifa Zarifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1072.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ta’lim jarayoni samaradorligini baholashning prognostik va kvalimetrik xususiyatlarini aniqlash, o‘z-o‘zini rivojlantirishning dinamik mohiyatini qiyosiy tasniflash hamda jismoniy va aqliy faollikning integrativ xususiyatlarini doimiy hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoni didaktik o‘yinlarni tashkil etishda milliy qadriyatlar merosini hisobga olish, yaratuvchanlik va bunyodkorlik hislatlarini rivojlantirish hamda o‘z-o‘zini intellektual rivojlantirishda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rivojlantirish modeli polimodal yondashuv natijadorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zining shaxsiy munosabati va yondashuviga ega bo‘lish ob’ektiv imkoniyatlarning didaktik mazmunini interfaol muhit va ijodiy-o‘yinli topshiriqlar tuzilmasiga bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mezonlari faol hamkorlik va effektiv muloqot qilish imokniyatlarini oshirish, ijodiy qobiliyat va intellektual salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik materiallar va mediata’lim resurslari mazmunini progressiv o‘zlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlariga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ta’lim jarayoni samaradorligini baholashning prognostik va kvalimetrik xususiyatlarini aniqlash, o‘z-o‘zini rivojlantirishning dinamik mohiyatini qiyosiy tasniflash hamda jismoniy va aqliy faollikning integrativ xususiyatlarini doimiy hisobga olish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan multimediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha dorasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 11 noyabrdagi 02-07-3541/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’limda kreativlik va ijodkorlik qobiliyatlarining farqli xususiyatlarini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoni didaktik o‘yinlarni tashkil etishda milliy qadriyatlar merosini hisobga olish, yaratuvchanlik va bunyodkorlik hislatlarini rivojlantirish hamda o‘z-o‘zini intellektual rivojlantirishda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan OT-F1-118 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining zamonaviy axborot kompetentligini shakllantirish tamoyillarini tadqiq etish” nomli grant doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 11 noyabrdagi 02-07-3541/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlarini takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rivojlantirish modeli polimodal yondashuv natijadorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zining shaxsiy munosabati va yondashuviga ega bo‘lish ob’ektiv imkoniyatlarning didaktik mazmunini interfaol muhit va ijodiy-o‘yinli topshiriqlar tuzilmasiga bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-123 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan multimediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha dorasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 11 noyabrdagi 02-07-3541/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’limda kreativlik va ijodkorlik qobiliyatlarining farqli xususiyatlarini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mezonlari faol hamkorlik va effektiv muloqot qilish imkoniyatlarini oshirish, ijodiy qobiliyat va intellektual salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik materiallar va mediata’lim resurslari mazmunini progressiv o‘zlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan OT-F1-118 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining zamonaviy axborot kompetentligini shakllantirish tamoyillarini tadqiq etish” nomli grant doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 11 noyabrdagi 02-07-3541/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirish darajalarini aniqlash imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish