Egamberdiev Pulatjon Ergashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzumning xo‘raki navlarini voish usulida etishtirishda kurtak yuklamasini uzum hosildorligi va sifatiga ta’siri”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.RhD/Qx.380.
Ilmiy rahbar: Fayziev Jamoliddin Nasirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Kamolitdin Sadriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mirzaxidov Baxtiyor Djaliddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Uzumning xo‘raki navlarini voish usulida etishtirishda hosildorligi va sifatini oshirishni ta’minlashga imkon beruvchi maqbul tok tupi kurtak yuklamasini va xomtokning me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xusayne beliy, Rizamat va Katta Kurgon navlarini voish usulida etishtirishda 9-11 yoshli tok tuplariga 160-200 ta kurtak qoldirib kesish yuqori natija berishi aniqlangan;
tok tupidagi kurtak yuklamasining uzumning xo‘raki navlarini fenologik fazalari o‘tish muddatlariga ta’siri 125 kundan 216 kun oralig‘ida bo‘lishi aniqlangan;
xo‘raki navlarni o‘zini-o‘zi changlay olishiga tok tup kurtak yuklamasi160-200 ta qoldirib kesilganda 27,9 % dan 32,7% gacha eng yaxshi ko‘rsatkichlari aniqlangan;
tok tup kurtak yuklamasining mexanik tarkibiga ta’siri 160-200 ta kurtak qoldirib kesilganda Xusayne beliy navida uzum boshining o‘rtacha og‘irligi 355,8 g, Rizamat navida 422,3 g va Katta Kurgon navida 455,3 g chiqishi aniqlangan;
tok tup kurtak yuklamasining uzum g‘ujumi sharbatining kimyoviy tarkibiga ta’siri bo‘yicha 160-200 ta kurtak qoldirib kesilganda hamda 50% hosilsiz novdalar xomtok qilingan variantda eng yaxshi qanddorlik va kislotalilik Xusayne beliy navida 22,3%, Rizamat navida 23,5%; va Katta Kurgon navida 22,5% bo‘lishi aniqlangan;
tok tup kurtak yuklamasi bo‘yicha eng yaxshi hosildorlik ko‘rsatkichi 160-200 ta kurtak qoldirib kesilganda va 50% hosilsiz novdalar xomtok qilingan variantda Xusayne beliy navida nazorat varianga nisbatan 28,7 s/ga, Rizamat navida 76,5 s/ga va Katta Kurgon navida 50,2 s/ga yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uzumning xo‘raki navlarini voish usulida etishtirishda kurtak yuklamalarini hosildorlik va uzum sifatini oshirishga ta’siri bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
uzumning xo‘raki Katta Kurgon navining hosildorligi va sifatiga tup yuklamasining ta’siri ishlanmasi Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “SIRDARYO SOHIBKORI” fermer xo‘jaligida 2,2 ga maydonda joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13-apreldagi №07/33-04/2245 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 160-200 kurtak yuklamali variantda uzumning xo‘raki Katta Kurgon navidan gektariga 6,6 tonna qo‘shimcha hosil etishtirishga erishilgan, rentabellik 160,4% ni tashkil etgan;
uzumning xo‘raki navlari hosildorligi va sifatiga tup yuklamasining ta’siri ishlanmasi Sirdaryo viloyati Guliston tumani “BOG’IMNING BOG’BONIMAN” fermer xo‘jaligida 0,7 ga maydonda joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13-apreldagi №07/33-04/2245 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tok tupida 160-200 ta kurtak qoldirilganda uzumning Xusayne beliy va Rizamat navlaridan gektariga 4-6 tonna qo‘shimcha hosil etishtirishga erishilgan, rentabellik 64,9% dan 221,8% ni tashkil etgan;
uzumning xo‘raki navlari hosildorligi va sifatiga tup yuklamasining ta’siri ishlanmasi Toshkent viloyati Toshkent tumani "Karima muruvvat agro" fermer xo‘jaligida 1,0 ga maydonda joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13-apreldagi №07/33-04/2245 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tok tupida 160-200 ta kurtak qoldirib kesilganda uzumning Xusayne beliy navidan gektariga 7,8 tonna qo‘shimcha hosil etishtirishga erishilgan, rentabellik 150,3% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish