Abdullayeva Dilfuza Abubakirovna
iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalarini tashkiliy-iqtisodiy faoliyati mexanizmini takomillashtirish («Olmaliq KMK» AJ misolida)», 08.00.03-«Sanoat iqtisodiyoti». 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt565
Ilmiy rahbar: Muxitdinova Kamola Alisherovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldasheva Saodat Arslanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»
II. Tadqiqotning maqsadi «Olmaliq kon metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati tizimida tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish yuzasidan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar majmuini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mamlakatimizda oltin qazib olish sanoati korxonalarini xalqaro baholash indikatsiyasini ishlab chiqish maqsadida faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini iqtisodiy rivojlantirish indikatorlar asosida takomillashtirilgan; 
«Olmaliq KMK» AJda ishlab chiqarish faoliyati mehnat unumdorligini yanada oshirish maqsadida ish hajmiga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan ish faoliyatini muvozanatlashtirilgan ko‘rsatkichlar (BSC Balanced Scorecard) modeli takomillashtirilgan va uning algoritmi ishlab chiqilgan;
«Olmaliq KMK» AJning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi va oltin qazib olish sanoati korxonalarida GPS(V-avlodi) ilg‘or texnologiyalardan foydalanishni va tajriba almashuv mediakutubxonasi kengaytirishni rag‘batlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
Mamlakatda oltin qazib olish sanoati korxonalariga «ADVANTA» texnologiyasini joriy etilishi bo‘yicha «Micromine Beyond» texnologiyasi asosida tashkiliy-iqtisodiy mexanizm ko‘rsatkichlari prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mamlakatimizda oltin qazib olish sanoati korxonalarini xalqaro baholash indikatsiyasini ishlab chiqish maqsadida faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini iqtisodiy rivojlantirish indikatorlar asosida takomillashtirildi «Olmaliq KMK» AJ 2021 yil «21» sentyabrdagi №167 son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan (2022 yil «6» sentyabrdagi №132 sonli dalolatnomasi). Natijada, konlarning rentabelligini baholash ishlab chiqarish faoliyatining 15% tavakkalchiligini so‘ndirish va boshqarish samaradorligini 7%ga oshirish imkonini bergan;
«Olmaliq KMK» AJda ishlab chiqarish faoliyati mehnat unumdorligini yanada oshirish maqsadida ish hajmiga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan ish faoliyatini muvozanatlashtirilgan ko‘rsatkichlar (BSC Balanced Scorecard) modeli takomillashtirilgan va uning algoritmi ishlab chiqilgan «Olmaliq KMK» AJ 2021 yil «21» sentyabrdagi №167 son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan (2022 yil «6» sentyabrdagi №132 sonli dalolatnomasi). Natijada, korxonaning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga to‘sqinlik qiluvchi ko‘rsatkichlarni yaxshilash yuzasidan 2022 yilda 2% samaradorlikka erishilgan va bu korxona uchun 12 mln. so‘m mablag‘ni tejashga imkon bergan;
«Olmaliq KMK» AJning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi va oltin qazib olish sanoati korxonalarida GPS(V-avlodi) ilg‘or texnologiyalardan foydalanishni va tajriba almashuv mediakutubxonasi kengaytirishni rag‘batlantirish mexanizmi takomillashtirilgan hamda «Olmaliq KMK» AJ 2021 yil «21» sentyabrdagi №167 son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan (2022 yil «6» sentyabrdagi №132 sonli dalolatnomasi). Natijada, korxonada ishchi kuchini malakasini oshirish 9%ga oshirish imkonini bergan va «Mis klasteri» doirasida ta’lim berish uchun malaka oshirishga xizmat qiluvchi kutubxona tashkil etildi.
Mamlakatda oltin qazib olish sanoati korxonalariga «ADVANTA» texnologiyasini joriy etilishi bo‘yicha «Micromine Beyond» texnologiyasi asosida tashkiliy-iqtisodiy mexanizm ko‘rsatkichlari prognozi ishlab chiqilgan «Olmaliq KMK» AJ 2021 yil «21» sentyabrdagi №167 son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan (2022 yil «6» sentyabrdagi №132 sonli dalolatnomasi). 2023 yilda mehnat unumdorligi 9% oshishi prognozli kutilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish