Ulmasbayeva Malika Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassalari talabalarida tolerantlikni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01 -Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped880.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ahmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid Umurzakovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari talabalarida tolerantlikni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassalari talabalarida tolerantlikni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish jarayoni lingvistik va madaniy bilimlarga tayangan holda “tolerantlik” tushunchasi boshqa shaxsning nuqtai nazarini tushunish, vaziyat, his-tuyg‘ular, o‘z xatti-harakatlarini tanqidiy baholash, madaniyatlararo kundalik, professional va ishbilarmonlik muloqot qobiliyatlariga to‘g‘ri proporsional bog‘liq ekanligini daliliy aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassalari talabalarida tolerantlikni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish imkoniyatlari ijodiy-faoliyatli tarkibiy qismlarning didaktik yaxlitligi, yangi bilimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyihalash hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning didaktik va uslubiy tamoyillarini intensiv qo‘llashga bosqichma-bosqich ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassalari talabalarida tolerantlikni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish mezonlari xabardorlik, anglash va mustaqillik kabi shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish, yangi bilmlardan xabardor bo‘lish hamda bilim, ko‘nikma va malakaga asoslangan tolerant xulqning mustaqilligini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik topshiriqlar tarkibiy mazmunini rivojlantirib borish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda tolerantlikni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish modeli o‘zini-o‘zi takomillashtirish tamoyillarini tahliliy aniqlash, tilshunoslik va lingvomadaniy bilimlarni baholashda muloqotchanlik va muloqotga kirisha olmaslik mezonlarining bevosita va bilvosta ta’sirini o‘rganish hamda o‘zini-o‘zi korreksiyalash va kasbga yo‘naltirishga qaratilgan dasturlashtirilgan axborot ta’minotini boyitish yaxlitligini adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining tolerantligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari:
oliy ta’lim muassalari talabalarida tolerantlikni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish jarayoni lingvistik va madaniy bilimlarga tayangan holda “tolerantlik” tushunchasi boshqa shaxsning nuqtai nazarini tushunish, vaziyat, his-tuyg‘ular, o‘z xatti-harakatlarini tanqidiy baholash, madaniyatlararo kundalik, professional va ishbilarmonlik muloqot qobiliyatlariga to‘g‘ri proporsional bog‘liq ekanligini daliliy aniqlashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar “English course manual” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020- yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i asosida berilgan 676-218 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning lingvistik va madaniy bilimlarini oshirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassalari talabalarida tolerantlikni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish imkoniyatlari ijodiy-faoliyatli tarkibiy qismlarining didaktik yaxlitligi, yangi bilimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyihalash hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning didaktik va uslubiy tamoyillarini intensiv qo‘llashga bosqichma-bosqich ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassalarida xamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘i asosida berilgan 676-218 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali talabalarning intelektual va irodaviy xususiyatlarini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassalari talabalarida tolerantlikni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish mezonlari xabardorlik, anglash va mustaqillik kabi shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish, yangi bilimlardan xabardor bo‘lish hamda bilim, ko‘nikma va malakaga asoslangan tolerant xulqning mustaqilligini oshirishga xizmat qiluvchi didaktik topshiriqlar tarkibiy mazmunini rivojlantirib borish asosida takomillashtirishga oid takliflar “English course book” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘i asosida berilgan 676-218 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada xorijiy tillarni o‘zlashtirish jarayonida talabalarning madaniyatlararo qobiliyatlari rivojlanishiga sharoit yaratilgan;
talabalarda tolerantlikni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish modeli o‘zini-o‘zi takomillashtirish tamoyillarini tahliliy aniqlash, tilshunoslik va lingvomadaniy bilimlarni baholashda muloqotchanlik va muloqotga kirisha olmaslik mezonlarining bevosita va bilvosta ta’sirini o‘rganish hamda o‘zini-o‘zi korreksiyalash va kasbga yo‘naltirishga qaratilgan dasturlashtirilgan axborot ta’minotini boyitish yaxlitligini adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassalarida xamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 30-iyundagi 02-07-1770- raqamli dalolatnomasi). Natijada innovatsion yondashuvlar asosida talabalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish va baholashini takomillashtirishga erishilgan.