Sayfutdinova Nigina Furkatovna 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Kimyo sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatning iqtisodiy samaradorlikni oshirish”(O‘zkimyosanoat korxonalari misolida)
 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt885.
Ilmiy rahbar: Muxitdinova Kamola Alisherovna iqtisod fanlari bo‘yischa falsafa doktori, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Samatov G‘affor Allaqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kasimova Fotima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kimyo sanoati korxonalarining innovatsion faoliyatini iqtisodiy samaradorligini oshirish bo’yicha nazariy uslubiy, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Maxam-Chirchiq» AJ mavjud ishlab chiqarish va moliyaviy-iqtisodiy resurslari doirasida tashqi resurslar va moliyaviy manbalarni qo’shimcha ravishda jalb etmagan holda yangi ishlab chiqariluvchi mahsulotlarning innovatsion unumdorligini oshirish voitasida multilayer algoritmiga ko’ra tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
«Tadqiqot moliyalashtirish innovatsiyani ishlab chiqish logistika realizatsiya» bosqichlarini qamrab olgan «Maxam-Chirchiq» AJ innovatsion faoliyati negizida raqobatbardosh innovatsion kimyo sanoati klasterini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
 «Maxam-Chirchiq» AJ mahsulotlari nomenklaturasini baholash innovatsion mahsulotlar ulushiga ko’ra takomillashtirilib, mazkur yondashuv mahsulot tannarxi, innovatsiya va tadqiqotlarga sarflangan xarajatlar, ishlab chiqarishni texnik-texnologik yangilash kabi ko’rsatkichlarning korxona iqtisodiy samaradorligini oshishiga xizmat qilishi asoslab berilib, uning ekonometrik modeli ishlab chiqilgan;
«Maxam Chirchiq» aksiyadorlik jamiyatini 2023-2027 yillarda rivojlantirishning asosiy ko’rsatkichlari, jumladan mahsulot ishlab chiqarish hajmi va yalpi tushumning prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqilgan holda innovatsion faoliyat asosida forsayt strategiyasini qo’llashning iqtisodiy samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Maxam-Chirchiq» AJ mavjud ishlab chiqarish va moliyaviy-iqtisodiy resurslari doirasida tashqi resurslar va moliyaviy manbalarni qo’shimcha ravishda jalb etmagan holda yangi ishlab chiqariluvchi mahsulotlarning innovatsion unumdorligini oshirish vositasida multilayer algoritmiga ko’ra tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
«Tadqiqot moliyalashtirish innovatsiyani ishlab chiqish logistika realizatsiya» bosqichlarini qamrab olgan «Maxam-Chirchiq» AJ innovatsion faoliyati negizida raqobatbardosh innovatsion kimyo sanoati klasterini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
 «Maxam-Chirchiq» AJ mahsulotlari nomenklaturasini baholash innovatsion mahsulotlar ulushiga ko’ra takomillashtirilib, mazkur yondashuv mahsulot tannarxi, innovatsiya va tadqiqotlarga sarflangan xarajatlar, ishlab chiqarishni texnik-texnologik yangilash kabi ko’rsatkichlarning korxona iqtisodiy samaradorligini oshishiga xizmat qilishi asoslab berilib, uning ekonometrik modeli ishlab chiqilgan;
«Maxam Chirchiq» AJni 2023-2027 yillarda rivojlantirishning asosiy ko’rsatkichlari, jumladan mahsulolt ishlab chiqarish hajmi va yalpi tushumning prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqilgan holda innovatsion faoliyat asosida forsayt strategiyasini qo’llashning iqtisodiy samaradorligi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish