Kozinskaya Lyubov Konstantinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dibenzo-18-kraun-6 gidroksihosilalarining sintezi, xossalari va texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/K133.
Ilmiy maslahatchi: Mirxamitova Dilorom Xudayberdievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikromov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Muxiddinov Bahodir Fahriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kamolov Luqmon Sirojiddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Grinyar reaksiyasi orqali birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va atsetilen spirtlari asosida dibenzo-18-kraun-6 ning yangi hosilalarini olishning ilmiy asoslarini va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Grinyar reaksiyasi bo‘yicha dibenzo-18-kraun-6 asosida birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va atsetilen spirtlarini olish usuli ishlab chiqilgan va jarayonlarning olib borishni maqbul sharoitlari aniqlangan;
dibenzo-18-kraun-6 bisindol hosilalari sintezi Bartoli-Grinyar reaksiyasi asosida inert argon muhitida siklizatsiya katalizatori sifatida monovalent mis tuzlari ishtirokida amalga oshirilgan va indolning geterosiklik fragmentining yangi uglerod-azot C-N bog‘lanishini hosil bo‘lish reaksiyasi mexanizmi ilmiy asoslangan;
ilk bor Grinyar reaksiyasi orqali inert muhitda oltingugurt tutgan tiol va sulfid-dibenzo-18-kraun-6, 4´,4´´-ditiodibenzo-18-kraun-6 va 4´,4´´-dimetiltiodibenzo-18-kraun-6 sintez qilingan;
dibenzo-18-kraun-6 ni uchlamchi atsetilen spirtlari olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
dibenzo-18-kraun-6 gidroksi hosilalarini makrosiklik bo‘shliqqa metall kationini bog‘lashning analitik parametrlari va sorbsion xossalari aniqlangan;
sintez qilingan birikmalarning mikrobiologik xususiyatlari va yangi dibenzo-18-kraun-6 atsetilen spirtlarini issiq iqlimda neft sanoatining biokorroziyasi ingibitori sifatida ishlatish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dibenzo-18-kraun-6 gidroksihosilalarining sintezi, xossalari va texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
4´,4´´(5´´)-Di-(metil-n-butiloksimetil)-dibenzo-18-kraun-6 efir bilan skandiy ionlarini ajratib olish usuliga O‘zbekiston Respublikasini Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (IAP №06964). Natijada, dibenzo-18-kraun-6 hosilalarining atrof-muhit ob’ektlarini nazorat qilish uchun o‘ta toza materiallarni, ya’ni skandiy ionlarini ajratib olish imkonini bergan;
dibenzo-18-kraun-6 asosida atsetilen spirtlari olishning tajriba sinov texnologiyasi «Muborak GQIZ» MChJda amaliyotga joriy qilingan («Muborak GQIZ» MChJ ning 2022 yil 27 avgustdagi 875/G‘K-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, dibenzo-18-kraun-6 atsetilen spirtlari asosida yuqori sifatli sorbentlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
dibenzo-18-kraun-6 atsetilen spirtlari «Muborak GQIZ» MChJda neft-gaz sanoatining metall konstruksiyalarini korroziyasini oldini olishga joriy etilgan («Muborak GQIZ» MChJning 2022 yil 27 avgustdagi 875/G‘K-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, kraun tutgan sorbentlardan, neft-gaz sanoatining issiq iqlim sharoitlaridagi metall konstruksiyalarida biokorroziyasi ingibitorlari sifatida qo‘llash imkonini bergan.