Xolmatova Zulfiya Tillavoldiyevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda sharqona tarbiyani shakllantirishda genderli yondashuvning nazariy-metodologik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped931.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Djumayev Mamanazar Irgashevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Erkaboyeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ibraimov Xolboy Ibraimovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda sharqona tarbiyani shakllantirishda genderli yondashuvning ilmiy-pedagogik asoslarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
 o‘quvchilarda sharqona tarbiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli qiz va o‘g‘il bolalar munosabatlaridagi ijtimoiy tenglik, maqomlarida muvozanat, huquq va erkinliklari kafolatlanishida adolatlilik hamda gender stereotiplar, o‘z-o‘zini himoyalash strategiyalarini dars va darsdan tashqari faoliyatga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
sharqona tarbiyani shakllantirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy tadbirlar mazmuni o‘g‘il va qiz bolalarning manfaatlari ustuvorligi hamda e’tiqodi, axloqiy qadriyatlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarni hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda sharqona tarbiyani shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari gender savodxonlikni oshiruvchi o‘quv-metodik, didaktik ta’minotni yaratish va o‘qituvchilar metodik tayyorgarligini rivojlantirish, o‘g‘il va qiz bolalarning gender tengligini ta’minlash texnologiyalarini tanlash asosida takomillashtirilgan;
gender yondashuv asosida o‘quvchilarda sharqona tarbiyani shakllantirish tuzilmasi (komponentlari, mezonlari, ko‘rsatkichlari) gender savodxonlik bo‘yicha shaxsiy tajribani to‘plashga imkon beruvchi kognitiv, tashkiliy-faoliyatga doir, aksiologik faoliyat natijasini aks ettiruvchi shaxsning integrativ dinamik xususiyatiga barqaror ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda sharqona tarbiyani shakllantirishda genderli yondashuvning ilmiy-pedagogik asosini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda sharqona tarbiyani shakllantirishda genderli yondashuvning ilmiy pedagogik asosini takomillashtirish texnologiyalar tizimini yaratish, o‘quvchilarda sharqona tarbiyani shakllantirishda genderli yondashuvning o‘quv-metodik ta’minotini yaratish imkoniyatlarini loyiha ishida takomillashtirishga doir tavsiyalardan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2012-2014-yy.) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 6-yanvar 02-07-28/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda genderli yondashuvning fanlararo modulli texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
tarbiyaviy tadbirlarni o‘g‘il va qiz bolalarning manfaatlari ustuvorligi hamda e’tiqodi, axloqiy qadriyatlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarni hisobga olish asosida takomillashtirishga oid taklif hamda tavsiyalardan OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental (2017–2020-yy.) loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2023-yil 6-yanvar 02-07-28/04-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan metodika va ta’lim texnologiyasi asosida sharqona tarbiyani shakllantirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy tadbirlar mazmuni takomillashuviga xizmat qilgan; 
sharqona tarbiya, milliy mentalitetda ayolga munosabat, shuningdek, oila muhitining sog‘lomligida ayolning o‘rni singari masalalar yuzasidan bildirilgan fikrlar va ilmiy mulohazalardan OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental (2017–2020-yy.) loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2023-yil 6-yanvar 02-07-28/04-son ma’lumotnomasi). Natijada sharqona tarbiyani shakllantirishda genderli yondashuvdan foydalanish, yoshlarni umuminsoniy, milliy, tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida tarbiyalashning takomillashuviga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish