Raxmatova Ma’suda Gaybullayevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosida samaradorlikni oshirish”, 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.3. PhD/Iqt1186
Ilmiy rahbar: Allayeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019. I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdusattorxo‘ja texnika fanlari doktori, professor; Xashimov Akrom Abdiyevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalari faoliyatini innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosida samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalari ishlab chiqarish samaradorligini gazni birlamchi tayyorlash, realizatsion sinash va universal saqlash jarayonining raqamli infratuzilmasini muqobillashtirish, gazni birlamchi tayyorlash jarayonini SCADA (innovatsiyalari) va siquv kompressor stansiyalari gaz haydash agregatlaridan foydalanishni optimallashtirishga ko‘ra oshirish asoslangan;
ishlab chiqarish samaradorligiga yonashuv ish stansiyalari (AWS) va yagona hisoblash muhiti (ERP)ni SCADA (innovatsiyalar) raqamlashtirishga ko‘ra takomillashtirshning muvofiqligi asoslangan
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalarida mahsulot sotish hajmi va mehnat unumdorligi ko‘rsatkichining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan pronoz ko‘rsatkichlari asoslangan;
siquv kompressor stansiyalari va gaz haydash agregatlarini dastuiy integratsiyalashga ko‘ra Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalari bo‘lim va sexlari avtomatlashtirilgan integratsiyalauv samaradorligini oshirishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sanoat korxonalari samaradorligini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy-amaliy takliflar asosida:
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalari ishlab chiqarish samaradorligini gazni birlamchi tayyorlash, realizatsion sinash va universal saqlash jarayonining raqamli infratuzilmasini muqobillashtirish, gazni birlamchi tayyorlash jarayonini SCADA (innovatsiyalari) va siquv kompressor stansiyalari gaz haydash agregatlaridan foydalanishni optimallashtirishga ko‘ra oshirish bo‘yicha takliflar boshqarma korxonalari amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2021 yil 28 noyabrdagi 28-1-11-01-45-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinishi natijasida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalari iqtisodiy samaradorligini 8,8% oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
ishlab chiqarish samaradorligiga ish stansiyalari (AWS) va yagona hisoblash muhiti (ERP)ni SCADA (innovatsiyalar) raqamlashtirishga ko‘ra takomillashtirtlgan yondashuvdan Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydaolanilgan (Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2021 yil 28 noyabrdagi 28-1-11-01-45-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur yondashuv boshqarma korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati, innovatsion texno-logiyalarni transfer qilish, ilmiy-texnik natijalarini rivojlantirish kabilarning sinergetik samaradorligini 12% oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalarida mahsulot sotish hajmi va mehnat unumdorligi ko‘rsatkichining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2021 yil 28 noyabrdagi 28-1-11-01-45-sonli ma’lumotnomasi). Takliflarning joriy qilinishi natijasida boshqarma korxonalarining sotishdan tushgan sof tushumi 2025 yilda 2020 yilga nisbatan 3,8 barobarga ortishiga muayyan darajada imkon yaratgan;
siquv kompressor stansiyalari va gaz haydash agregatlarini dasturiy integratsiyalashga ko‘ra Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalari bo‘lim va sexlari avtomatlashtirilgan integratsiyalauv samaradorligini oshirishi bo‘yicha taklif Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalari faoliyatiga joriy qilingan (Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi 2021 yil 28 noyabrdagi 28-1-11-01-45-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot xajmining 2,1%ga oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan.