Raxmonov Bo‘ron Normamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning axborot kompetensiyasini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3278.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Guljaxan Yermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘xtasinov Dadaxon Farxodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning axborot kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning axborot kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari virtual-pedagogik mikromuhitni yaratishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlarni kengaytirish, axborotlarni o‘zlashtirish va qayta ishlash hamda tahliliy fikrlash qobiliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirish va raqamli mediya resurslarni darajasiga ko‘ra qiyosiy differensiallash asosida takomillashtirilgan;
fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning axborot kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi ma’lumotlar bilan ishlash jarayoni mobilligini jadallashtirish, raqamli savodxonlikni oshirish, faol ijodiy muloqot qilishga yo‘naltirish hamda ta’lim muassasasi axborot ta’lim muhitiga bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarining axborot kompetensiyasini rivojlantirish modeli fanlararo aloqadorlik komponentlarini ta’lim maqsadlariga ko‘ra yaxlitlash, ijodiy-faol virtual-pedagogik muhitni yaratishga xizmat qiluvchi didaktik funksiyalar amaliyligini ta’minlash hamda ta’limning imitatsion-variativ va vizual-amaliy imkoniyatlariga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning axborot kompetensiyasini rivojlantirish mezonlari global va mahalliy kompyuter tarmoqlari, vizual aloqa, mobil qurilmalardan ketma-ket foydalanish hamda onlayn topshiriqlar va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga integratsiyalash hamda mantiqiy ketma-ketlikka asoslanganlik, ochiqlilik va moslashuvchanlikni ta’minlash tamoyillariga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fanlararo aloqadorlikda talabalarning axborot kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning axborot kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari virtual mikromuhitni yaratishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlarni kengaytirish, axborotlarni o‘zlashtirish va qayta ishlash hamda tahliliy fikrlash qobiliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirish va raqamli mediya resurslarni darajasiga ko‘ra qiyosiy differensiallash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YOA-1-22 raqamli «Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish» nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28 yanvardagi 02-07-255/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining axborot kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil etishga sharoit yaratilgan.
fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning axborot kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi ma’lumotlar bilan ishlash jarayoni mobilligini jadallashtirish, raqamli savodxonlikni oshirish, faol ijodiy muloqot qilishga yo‘naltirish hamda ta’lim muassasasi axborot ta’lim muhitiga bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28 yanvardagi 02-07-255/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning axborot kompetensiyasi tuzilmasini umumkasbiy fanlar aloqadorligi asosida rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
talabalarining axborot kompetensiyasini rivojlantirish modeli fanlararo aloqadorlik komponentlarini ta’lim maqsadlariga ko‘ra yaxlitlash, ijodiy-faol virtual-pedagogik muhitni yaratishga xizmat qiluvchi didaktik funksiyalar amaliyligini ta’minlash hamda ta’limning imitatsion-variativ va vizual-amaliy imkoniyatlariga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YoA-1-22 raqamli «Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish» nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28 yanvardagi 02-07-255/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada fanlararo aloqadorlik asosida talabalarni axborot kompetensiyasini rivojlantirish modelini takomillashtirish samaradorligi ortgan;
talabalarning axborot kompetensiyasini rivojlantirish mezonlari global va mahalliy kompyuter tarmoqlari, vizual aloqa, mobil qurilmalardan ketma-ket foydalanish hamda onlayn topshiriqlar va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga integratsiyalash hamda mantiqiy ketma-ketlikka asoslanganlik, ochiqlilik va moslashuvchanlikni ta’minlash tamoyillariga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28 yanvardagi 02-07-255/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning axborot kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.