Anafiyayev Abdurashid Mamasidikovich 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘llari (Andijon viloyati misolida)” mavzusidagi 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1402.
Ilmiy rahbar: Madrahimov Ulug‘bek Abduxalilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kadirov Abdumalik Matkarimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalar iqtisodiy salohiyatini oshirishning integral ko‘rsatkichlariga ko‘ra, sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini integral oraliq natijalari («o‘ta past» (0,1-0,24), «past» (0,25-0,5), «o‘rta» (0,51-075), «yuqori» (0,76-1,0)) yondashuviga ko‘ra baholash taklif etilgan;
«Andijondonmahsulot» AJda texnologik salohiyatning o‘rtacha koeffisienti 0,24 birlikdan yuqori bo‘lganda sotuv rentabelligini ijobiy o‘zgarishi asoslangan;
korxonaning ishchi-xodimlari salmog‘ida ilmiy-texnik tadqiqot va konstruktorlik ishlari (ITTKI) bilan shug‘ullanuvchi xodimlar sonini eng kam chegarasini 1,5-2,0 foiz oralig‘ida samarali darajasini ta’minlash asosida oziq-ovqat sanoati korxonalarida mehnat unumdorligining ijobiy o‘zgarishiga erishish asoslangan;
«Andijon biokimyo zavodi» AJ va «Andijondonmahsulot» AJlari uchun iqtisodiy salohiyat ko‘rsatkichlarining 2023-2027 yillarga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirishning integral ko‘rsatkichlariga ko‘ra, oziq-ovqat sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini integral oraliq natijalari («o‘ta past» (0,1-0,24), «past» (0,25-0,5), «o‘rta» (0,51-075), «yuqori» (0,76-1,0)) yondashuviga ko‘ra baholash usullaridan Andijon viloyatidagi «Andijon biokimyo zavodi» AJ va «Andijondonmahsulot» AJlarning strategik va biznes rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 22-dekabrdagi №03/15-18/4827-son, «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 23-dekabrdagi №7-4-53-1486-son, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati xududiy boshqarmasining 2022 yil 7-dekabrdagi №2237/01-03-k-son, «Andijondonmahsulot» AJning 2022 yil 30 noyabrdagi №01/14-691-son va «Andijon biokimyo zavodi» AJning 2022 yil 17 sentabrdagi №485-son ma’lumotnomalari). Natijada Andijon viloyati sanoat korxonalarida asosiy vositalarning yangilanish darajasi 0,2 foizga ijobiy o‘zgarishga erishilgan;
texnologik salohiyatning o‘rtacha koeffisienti 0,24 birlikdan yuqori bo‘lganda mahsulotlarni sotish rentabelligi darajasining ijobiy o‘zgarishi bo‘yicha berilgan taklifi «Andijondonmahsulot» AJ faoliyatida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 22-dekabrdagi №03/15-18/4827-son, «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 23-dekabrdagi №7-4-53-1486-son, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati xududiy boshqarmasining 2022 yil 7-dekabrdagi №2237/01-03-k-son, «Andijondonmahsulot» AJning 2022 yil 30-noyabrdagi №01/14-691-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif natijasida mahsulotlarni sotuv rentabelligi darajasi «Andijondonmahsulot» AJda 3,5 foizga ijobiy o‘sishga erishilgan.
korxonaning ishchi-xodimlari salmog‘ida ilmiy-texnik tadqiqot va konstruktorlik ishlari (ITTKI) bilan shug‘ullanuvchi xodimlar sonini eng kam chegarasini 1,5-2,0 foiz oralig‘ida samarali darajasini ta’minlash asosida oziq-ovqat sanoati korxonalarida mehnat unumdorligining ijobiy o‘zgarishiga erishish bo‘yicha berilgan taklifi «Andijondonmahsulot» AJ va «Andijon biokimyo zavodi» AJlarda qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 22-dekabrdagi №03/15-18/4827-son, «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 23-dekabrdagi №7-4-53-1486-son, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati xududiy boshqarmasining 2022 yil 7-dekabrdagi №2237/01-03-k-son, «Andijondonmahsulot» AJning 2022 yil 30-noyabrdagi №01/14-691-son va «Andijon biokimyo zavodi» AJning 2022 yil 17-sentabrdagi №485-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif natijasida «Andijondonmahsulot» AJda mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi 1,5 foizga, «Andijon biokimyo zavodi» AJda ushbu ko‘rsatkich 2,0 foizga ortishiga erishilgan.
sanoat korxonalari uchun ishlab chiqilgan iqtisodiy salohiyat ko‘rsatkichlarining 2023-2027 yillarga qadar prognoz parametrlaridan «Andijon viloyatining 2019-2030 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi» istiqbolli ko‘rsatkichlarini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 22-dekabrdagi №03/15-18/4827-son, «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining 2022 yil 23-dekabrdagi №7-4-53-1486-son, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati xududiy boshqarmasining 2022 yil 7-dekabrdagi №2237/01-03-k-son, «Andijondonmahsulot» AJning 2022 yil 30-noyabrdagi №01/14-691-son va «Andijon biokimyo zavodi» AJning 2022 yil 17-sentabrdagi №485-son ma’lumotnomalari). Ilmiy ish natijalaridan foydalanish orqali viloyatdagi sanoat korxonalarida mehnat unumdorligi 1,5-2,0 foizga samarali ijobiy o‘zgarishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish