Maxmayorov Jasur Bozorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyo manbalari asosida rux sul`fat olish texnologiyasini yaratish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2051.
Ilmiy rahbar: Samadiy Murodjon Abdusalimzoda, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Turaev Zokirjon, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xondiza konining rux saqlovchi rudalaridan rux sulfat olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori bosimli avtoklav yordamida Xandiza konidan rux sulfat uchun rux saqlovchi konsentratni sulfat kislotali qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oksidlash maqsadida 800-900 °C haroratda konsentratni dastlabki kuydirish, parchalash jarayonida eritmada qo‘rg‘oshin, molibden va boshqa metal aralashmalarini hosil bo‘lishi kamaytirishi aniqlangan;
rux konsentratini sulfat kislota bilan parchalash va eritmalarni tozalash natijasida olingan eritmalar va quyqalarning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan; 
rux konsentratini sulfat kislota bilan parchalash va olingan rux sulfat eritmalarini tozalash jarayonining optimal texnologik sxemasi va dastgohlari zanjir sxemasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xondiza konidan rux konsentratini rux sulfatga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xondiza konidan olingan rux konsentratini sulfat kislotali qayta ishlash texnologiyasi “Maxsusenergogaz” AJning “2024-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Maxsusenergogaz” AJning 2022 yil 26 apreldagi 47/553-son ma’lumotnomasi). Natijada, GOST talablariga javob beradigan rux sulfat olish imkonini beradi;
rux konsentratidan rux sulfat ishlab chiqarish texnologiyasi “O‘zbekneftegaz” AJ da amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2023 yil 10 apreldagi 08-36-1-400-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikada ilk bora asosiy moddaning kamida 97.7 foizini tashkil etuvchi sifatli rux sulfati olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish