Niyozqulov Sherzod Sharofovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida grafen oksidi olish texnologiyasini ishlab chiqish va uni qo‘llash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2356.
Ilmiy rahbar: Karimov Ma`sud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Muhiddinov Bahodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Normurodov Baxtiyor Abdullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polietilen va polipropilenga grafen oksidini qo‘shib, yuqori darajadagi ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan polimer materiallar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyo - grafitdan grafen oksidi sintez qilingan va sintez jarayonining maqbul sharoiti aniqlangan;
polietilen va polipropilenni sintez qilingan grafen oksididan 0,1% massa qism qo‘shib modifikatsiyalash natijasida ekspluatatsion xossalari yuqori polimer organik materiallar olingan;
grafen oksidi zarralarini ul`tratovushli tarqatish va polipropilen eritmasi bilan aralashtirish natijasida olingan polimer organik materiallarning uzilishga hamda zarbga chidamliligining oshishi aniqlangan;
grafitdan grafen oksidini olish, uni poliolefinlarga qo‘shib, fizik-mexanik xossalari yuqori bo‘lgan polimer organik materiallar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan va texnik-iqtisodiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyolar asosida grafen oksid olish va olingan grafen oksid bilan modifikatsiyalangan poliolefinlarni texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyo - grafitdan grafen oksidi olish texnologiyasi “O‘zneftgaz AJ” Muborak GQIZda oqova suvlarni tozalovchi adsorbent olishga joriy qilingan (“O‘zneftgaz AJ” Muborak GQIZning 2022 yil 22 iyundagi 628/GK-06 son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan grafen oksidi asosidagi adsorbent yordamida oqova suvlarni 95% gacha tozalash imkonini bergan;
olingan grafen oksidi qo‘shimcha sifatida polietilen va polipropilenni modifikatsiyalash uchun “O‘zneftgaz AJ” Muborak GQIZda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zneftgaz AJ” Muborak GQIZ ning 2022 yil 22 iyundagi 628/GK-06 son ma’lumotnomasi). Natijada, polietilen va polipropilenga 0,1% grafen oksid qo‘shib olingan polimer organik materiallarning uzilishga mustahkamligini 33% ga oshirish imkonini bergan.