Narzullaeva Aziza Murodillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida PVX uchun samarali organik qo‘shimchalar texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3031.
Ilmiy rahbar: Karimov Ma`sud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Lutfullaev Sa’dulla Shukurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polivinilxlorid asosidagi polimer materiallarning xossalarini yaxshilash uchun mahalliy ishlab chiqarish chiqindilari va o‘simlik xomashyolaridan ekologik toza organik qo‘shimchalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi polietilentereftalat va qo‘rg‘oshin atsetat asosida asosida PVX uchun metall–organik termostabilizator sintez qilingan;
metall-organik termostabilizatorni sintez qilishda qo‘rg‘oshin atsetatning suvdagi 23% eritmasi va tereftal kislotaning natriyli tuzining 30% eritmasi yordamida mahsulot unumi 84,5% ni tashkil etishi aniqlangan;
kastor yog‘i va gliserinning asosida plastifikator olishda maqbul sharoit sifatida dastlabki moddalar mol` nisbati 1:1, reaksiya vaqti 6 soat va 1900C haroratda mahsulot unumi 90% gacha ekanligi aniqlangan;
quyi molekulyar polietilen asosida yangi plastifikatorni sintez qilingan va fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
qayta ishlangan polimer xom ashyosi asosida metall-organik stabilizator, quyi molekulyar polietilen asosida, shuningdek, kastor yog‘i asosida plastifikator olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Organik qo‘shimchalarni sintez qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi polietilentereftalat va qo‘rg‘oshin atsetat asosida PVX uchun termik stabilizator, shuningdek, kastor moyi hamda quyi molekulyar polietilen asosida plastifikatorlar olish texnologiyasi “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning “2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning 2022 yil 8 maydagi 952/G’K-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sifatli, yumshoq, elastik PVX materiallar olishga imkon beradi;
ishlab chiqilgan termik stabilizator va plastifikatorlardan foydalanib PVX asosidagi polimer materiallar olish texnologiyasi “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning “2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning 2022 yil 8 maydagi 952/G’K-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan PVX asosidagi polimer materiallardan metall konstruksiyalar uchun korroziyaga qarshi termik barqaror qoplamalar sifatida foydalanish imkonini beradi.