Xoliqulov Bunyod Nosirdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «N,Nʹ-geksametilen bis[(o-, m-, p-galogenlifenil)karbamatlar] sintezi va xossalari», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K519.
Ilmiy rahbar: Mahsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Turgunov Erxan, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geksametilendiizotsianat va fenol galogenidlar asosida bis-fenoksi karbamatlarning yangi hosilalari sintezini va kimyoviy o‘zgarishlarini amalga oshirish, ularning fizik-kimyoviy xossalari, shuningdek biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geksametilendiizotsianatni fenolning galogenli hosilalari bilan reaksiyasi asosida bis-karbamatlarni yangi hosilalari olingan;
reaksiyani olib borishning sharoitlari, geksametilendiizotsianat va fenolgalogenidlarni nukleofil birikish reaksiyasi usullari yaratilgan;
N,Nʹ-geksametilen bis[(galogenfenoksi)-karbamat]larni xlorlash, nitrozalash, benzillash reaksiyalarida, undagi N-H guruhidagi «N» faol bo‘lganligi uchun reaksiya aynan shu guruhda oson va yuqori unum bilan chiqishi aniqlangan;
geksametilendiizotsianat va fenolning galogenli hosilalaridan N,Nʹ-geksametilen bis[(orto-bromfenoksi)-karbamat], N,Nʹ-geksametilen bis[(para-bromfenoksi)-karbamat]larning biologik faollikga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bis-fenoksi karbamatlar va ularni hosilalarining samarali sintez usullari va modifikatsiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
N,Nʹ-geksametilen-bis[(orto-bromfenoksi)-karbamat] va N,Nʹ-geksametilen-bis[(para-bromfenoksi)-karbamat] preparatini ishlab chiqarish texnologiyasi  «Elektrokimyozavod» qo‘shma korxonasi aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga joriy qilingan («Elektrokimyozavod» qo‘shma korxonasi AJning 2022 yil 25 avgustdagi 186-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simliklarni ildizi va poyasining o‘sishini, hosildorligini oshiruvchi yangi samarali preparat ishlab chiqarish imkonini bergan; 
N,Nʹ-geksametilen-bis[(orto-bromfenoksi)-karbamat] va N,Nʹ-geksametilen-bis[(para-bromfenoksi)-karbamat] preparati Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani «Abduyasin yashil bog‘lari» fermer xo‘jaligi dalalarida amaliyotga joriy qilingan («Elektrokimyozavod» qo‘shma korxonasi AJning 2022 yil 25 avgustdagi 186-son ma’lumotnomasi). Natijada, preparatlarning 0,001 % konsentratsiyali eritmasi nazoratga nisbatan g‘o‘za poyasining o‘sishini 139,6, ildiz o‘sishini 156,3 % gacha oshirishi va g‘o‘za hosildorligini 4,5 s ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish