Madaliev Akmaljon Maxammadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elementar zarralar fizikasi bo‘limi amaliy mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirish metodikasi (pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4141.
Ilmiy rahbar: Nasriddinov Komiljon Raxmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Aliyev Rayimjon, texnika fanlari doktori, professor; Boltayeva Muxayyo Lutfillayevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika sohasidagi oliy ta’limning bakalavriat bosqichida Umumiy fizikaning “Elementar zarralar fizikasi” bo‘limi amaliy mashg‘ulotlari mazmunini va o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida Umumiy fizikaning Elementar zarralar fizikasi bo‘limi amaliy mashg‘ulotlari mazmuni “fundamental”, “g‘alati” va “maftunkor” zarralar ishtirokida sodir bo‘ladigan jarayonlarga ilmiy-metodik yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan;
Umumiy fizikaning Elementar zarralar fizikasi bo‘limi amaliy mashg‘ulotlari mazmuni “barion” va “lepton” zaryadlari (sonlari) saqlanish qonunlarini o‘zlashtirish orqali talabalarning mantiqiy va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi masalalar orqali takomillashtirilgan;
Umumiy fizikaning Elementar zarralar fizikasi bo‘limi amaliy mashg‘ulotlari mazmuni “g‘alati” va “maftunkor” zarralar ishtirokidagi jarayonlarni tushuntirishda fanlararo integratsiyani va talabalarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan masalalar majmuasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
Elementar zarralar fizikasi bo‘limi amaliy mashg‘ulotlari mavzularini o‘qitish metodikasi talabalarning nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, malakalari va kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan noan’anaviy o‘qitishning didaktik imkoniyatlaridan foydalanish hamda talabalar bilimini kompleks baholovchi nostandart topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida elementar zarralar fizikasi amaliy mashg‘ulotlarining takomillashtirilgan mazmunini yaratishga qaratilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida Umumiy fizikaning Elementar zarralar fizikasi bo‘limi amaliy mashg‘ulotlari mazmuni “fundamental”, “g‘alati” va “maftunkor” zarralar ishtirokida sodir bo‘ladigan jarayonlarga ilmiy-metodik yondashuv asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Umumiy fizika. Elementar zarralar fizikasi asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘i). Natijada, uning asosida Umumiy fizika (Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi) dan o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etishdagi didaktik jarayon va metodik ta’minotni takomillashtirishga erishilgan;
Umumiy fizikaning Elementar zarralar fizikasi bo‘limi amaliy mashg‘ulotlari mazmuni “barion” va “lepton” zaryadlari (sonlari) saqlanish qonunlarini o‘zlashtirish orqali talabalarning mantiqiy va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi masalalar ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid amaliy takliflaridan Guliston davlat universitetida bajarilgan ITDA-1-26-raqamli “Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o‘qitishni ehtimoliy-statistik g‘oya va tushuncalarni shakllantirish asosida takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021-yil 21-dekabrdagi 02-07-4151/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning Elementar zarralar fizikasi bo‘limini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
Umumiy fizikaning Elementar zarralar fizikasi bo‘limi amaliy mashg‘ulotlari mazmuni “g‘alati” va “maftunkor” zarralar ishtirokidagi jarayonlarni tushuntirishda fanlararo integratsiyani va talabalarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi masalalar ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir tavsiyalar Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan BV-F-/005-raqamli “Teoricheskie issledovaniya parametro solnochnogo elementa i vlyani nanotexnologicheskoy obrabotki ego poverxnosti na poveshene effektivnosti gelioenergetiki” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021-yil 21-dekabrdagi 02-07-4151/04–son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning Elementar zarralar fizikasi bo‘limini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
Elementar zarralar fizikasi bo‘limi amaliy mashg‘ulotlari mavzularini o‘qitish metodikasi talabalarning nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, malakalari va kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan noan’anaviy o‘qitishning didaktik imkoniyatlaridan foydalanish hamda talabalar bilimini kompleks baholovchi nostandart topshiriqlarni ishlab chiqish asosida amaliy mashg‘ulotlar mazmunini va o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir takliflaridan pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Umumiy fizika. Elementar zarralar fizikasi asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘i). Natijada, Umumiy fizikaning Elementar zarralar fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan.