Dinikulov Jo‘rabek Abdunabievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uyushgan bolalar guruhlarida tish kariesining endogen profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1097.
Ilmiy rahbar: Murtazaev Saidmurodxon Saidialoevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shakoves Natal`ya Vyacheslavovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Belorus Respublikasi); Kamilov Xaydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: A.I. Evdokimov nomidagi Moskva Davlat Stomatologiya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uyushgan bolalar guruhlarida tish kariesining endogen profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyatidagi maktabgacha yoshdagi bolalarining og‘iz suyuqligida ftoridlarning konsentratsiyasi etarli emasligi, tishlarning kariesga moyilligi va kasallikning rivojlanish jadalligining oshishiga olib kelishi isbotlangan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda tish kariesini endogen ftor profilaktikasini amalga oshirish maqsadida respublikamizda ilk marotaba optimal miqdorda ftor saqlovchi yodlangan-ftorlangan osh tuzi samaradorligi isbotlangan;
yodlangan, ftorlangan osh tuzidan foydalanishni keng ommalashtirish asosida bolalarni aralash so‘lagidagi ftoridlar miqdorining optimal ko‘rsatkichini ta’minlash orqali tish kariesining tarqalish darajasini kamaytirishning tizimli profilaktikasi ishlab chiqilgan;
Toshkent viloyati maktabgacha yoshdagi bolalarda ishlab chiqilgan kariesprofilaktik chora tadbirlar kompleksini qo‘llash, tish kariesining tarqalishi va jadalligi ko‘rsatkichlari ijobiy o‘zgarishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uyushgan bolalar guruhlarida tish kariesining endogen profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uyushgan bolalar guruhlarida tish kariesining endogen profilaktikasini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni asoslash va olingan ilmiy natijalar borasida ishlab chiqilgan «Toshkent viloyatida istiqomat qilayotgan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda tish kariesining birlamchi profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 4 martdagi 8n-r/241-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar orasida og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatini sezilarli darajada yaxshilash orqali tish kariesining birlamchi profilaktikasini amalga oshirish imkonini bergan;
uyushgan bolalar guruhlarida tish kariesining endogen profilaktikasi chora-tadbirlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Toshkent viloyatining turli manbalaridan olingan ichimlik suvini gigienik baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 4 martdagi 8n-r/240-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Toshkent viloyatining turli manbalaridan olingan ichimlik suvi tarkibidan ftor miqdorini gigienik baholash orqali uyushgan bolalar guruhlarida tish kariesining endogen profilaktikasini takomillashtirish bolalarning so‘lak tarkibidagi ftor miqdorini oshirish orqali kasallikni oldini olish imkonini bergan;
uyushgan bolalar guruhlarida tish kariesining endogen profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shaxri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 3-sonli va Olmazor tumanidagi 5-sonli bolalar stomatologik  poliklinikalarining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 maydagi 8n-z/264-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi aholi yashash joylaridagi ichimlik suvi tarkibida ftor miqdorini nazorat qilish, osh tuzi tarkibidagi ftor orqali so‘lak tarkibini yaxshilash natijasida stomatologik statusni, og‘iz bo‘shlig‘i parvarishi bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish, bolalarda tishlar kariesi tarqalishini oldini olish va kasallikni davolashga qaratilgan sarf-xarajatlarni  kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish