Djuraev Nodirbek Nematjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Tugallanmagan suisidlardan keyingi psixopatologik holatlarni klinik xususiyatlari va ularni kompleks davolashda psixoterapiya va profilaktika" 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot; 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1211.
Ilmiy rahbar: Agranovskiy Mark Leyzerovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD 04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar:  Alimov Ulug‘bek Xudayarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saloxiddinov Zuhriddin Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.      
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlarini shakllanishda ijtimoiy premorbid va klinik xususiyatlar majmuasining rolini, tugallanmangan suisidlardan keyingi psixopatologik holatlarni va ularni kompleks davolashda psixoterapiya samaradorligini va oldini olishni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:        
birinchi marotaba tugallanmagan o‘z joniga qasd qilgan shaxslarda o‘z joniga qasd qilish xulq-atvorining shakllanishida ijtimoiy, premorbid va klinik belgilar majmuasining roli asoslangan;
tematik bemorlarda o‘z joniga qasd qilish harakatlarining xususiyatlari aniqlandi va o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlarining takrorlanishiga moyil bo‘lgan yuqori xavf guruhlari aniqlangan;
birinchi marotaba tugallanmagan suisiddan keyingi psixopatologik (astenik, depressiv, vahima-qo‘rquv) holatlarning klinik xususiyatlari aniqlandi va bemorlarni kompleks davolashda psixoterapiya usullari ishlab chiqilgan; 
tugallanmagan o‘z joniga qasd qilgan bemorlarni kompleks davolash va oldini olishda psixoterapiya usullarining samaradorligi, ushbu kontingentning profilaktikasi va ijtimoiy moslashuvi asoslangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tugallanmagan suisidlardan keyingi psixopatologik xolatlarni o‘rganishda olingan ilmiy natijalar asosida:
tugallanmagan suisid qilgan bemorlarga psixoterapevtik yordam ko‘rsatishni prognostik axamiyati bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Tugallanmagan suisid qilgan bemorlarga psixoterapevtik yordam ko‘rsatishni prognostik axamiyatini baholash uchun terapevtik va profilaktik algoritmi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 maydagi 8-n-m/438-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlarining erta prognozi uchun ishonchli muhim mezonlarni aniqlashga imkon bergan;
tugallanmagan suisidlardan keyingi psixopatologik holatlar va ularni kompleks davolashda psixoterapiya va oldini olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy natijalari Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyat psixonevrologik dispanserlarining klinik amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 iyundagi 8n-z/279-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amalga oshirishda bemorlarni kasalxonaga yotqizish chastotasining pasayishi, yotoq kunlari sonining qisqarishi, faol psixofarmakologik davolash va moddiy xarajatlarining pasayishi, o‘lim va nogironlikni qisqarishi, hayot davomiyligi va sifatining oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish