Gaffarova Shaxnoza Nuritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi “O‘zbekistonda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ta’minlashning nazariy-huquqiy masalalari”, 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4. PhD/Yu407.
Ilmiy rahbar: Yusupova Nigora Jaloliddin qizi, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Shuhrat Ummatalievich, yuridik fanlar doktori, professor; Alieva Kamola Ravshanovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ta’minlashning nazariy-metodologik jihatlari va huquqiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat tomonidan gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo‘yicha kamsitishni bartaraf etish va oldini olish kabi vaqtinchalik maxsus choralar ko‘rilishi asoslab berilgan;
davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha vakolatli mansabdor shaxs belgilanishi va vakolatli shaxsning majburiyatlarini bajarish davlat organi rahbarining o‘rinbosarlaridan biri zimmasiga yuklatilishi lozimligi asoslab berilgan;
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi sifatida belgilanishi zarurligi asoslab berilgan;
Vazirlar Mahkamasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlari belgilanib, bu borada davlat dasturlarini va strategiyalarni tasdiqlash xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ta’minlashning nazariy-huquqiy masalalari mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat tomonidan gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar ko‘rilishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-sonli Qonuni 6-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 22 maydagi 05/1-01-102-son dalolatnomasi). Mazkur taklif xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlar hamda teng imkoniyatlar kafolatlanishiga xizmat qilgan;
davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha vakolatli mansabdor shaxsbelgilanishi va vakolatli shaxsning majburiyatlarini bajarish davlat organi rahbarining o‘rinbosarlaridan biri zimmasiga yuklatilishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-sonli qonun 13-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 22 maydagi 05/1-01-102-son dalolatnomasi). Mazkur taklif davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqligini ta’minlash majburiyatini bevosita davlat organi rahbari o‘rinbosariga yuklashga xizmat qilgan;
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi sifatida belgilanishi zarurligi oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-sonli Qonuni 5-moddasi ikkinchi xatboshisiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 22 maydagi 05/1-01-101-son dalolatnomasi). Mazkur taklif xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilashda davlat dasturlari hamda strategiyalari rolini yuksaltirish, hamda ularni ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
Vazirlar Mahkamasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlariga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil
2 sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-sonli Qonuni 6-moddasi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 22 maydagi 05/1-01-101-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar Vazirlar Mahkamasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishdagi vakolatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan.