Shixiyev Raxim Muxammetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda texnikadan samarali foydalanishni takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt.1850
Ilmiy rahbar: Abdullayev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shodiev Bekzod Tulkinovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarkand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda texnikadan samarali foydalanishni takomillashtirgan holda resurslardan optimal foydalanish yechimlarini aniqlash, xo‘jaliklar daromadini oshirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnikalarni xarid qilishga kiritilgan investisiyalarning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishga ta’siriga ko‘ra fermer va dehqon xo‘jaliklari bo‘yicha aniqlangan tafovut asosida har bir xo‘jalik yuritish shakli bo‘yicha texnikadan samarali foydalanish me’yorlari taklif etilgan;
qishloq xo‘jalik yuritish shakllari bo‘yicha texnika parkining samarali tarkibiy tuzilmasini shakllantirish imkonini beruvchi “Cluster automation information system” modeli yordamida agrotexnikadan foydalanish xarajatlarini minimallashtirishning optimal yechimiga erishishni ta’minlash taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayoniga aqlli texnologiyalarni joriy etish asosida fermer xo‘jaliklarida har bir gektar yerni haydashga sarflanadigan xarajatni (9,6-19,8 foizga) kamaytirish, dizel yonilg‘isi va ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini (16,3-18,1 foizga) oshirishni ta’minlovchi optimallashtirish ko‘rsatkichlari asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning kompleks o‘zgaruvchili modeli yordamida 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda axborot tizimlaridan samarali foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnikalarni xarid qilishga kiritilgan investisiyalarning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishga ta’siriga ko‘ra fermer va dehqon xo‘jaliklari bo‘yicha aniqlangan tafovut asosida har bir xo‘jalik yuritish shakli bo‘yicha texnikadan samarali foydalanish me’yorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Tumanlar qishloq xo‘jaligi texnikalarining ekspluatatsiya sarflari va ulardan foydalanish samaradorligi me’yorlari”ni belgilashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 dekabrdagi 03/016-3536-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sishiga fermer va dehqon xo‘jaliklari ulushining ta’sirini baholash imkoniyati yaratilgan;
qishloq xo‘jalik yuritish shakllari bo‘yicha texnika parkining samarali tarkibiy tuzilmasini shakllantirish imkonini beruvchi “Cluster automation information system” modeli yordamida agrotexnikadan foydalanish xarajatlarini minimallashtirishning optimal yechimiga erishishni ta’minlash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Tumanlar qishloq xo‘jaligi texnikalarining ekspluatatsiya sarflari va ulardan foydalanish samaradorligi me’yorlari”ni belgilashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 dekabrdagi 03/016-3536-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida qishloq xo‘jaligida agrotexnika xarajatlarini minimallashtirish masalasini yechishning soddalashtirilgan dasturini amaliyotga joriy qilish imkoni yaratilgan;
Sho‘manoy tumanidagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayoniga aqlli texnologiyalarni joriy etish asosida fermer xo‘jaliklarida har bir gektar yerni haydashga sarflanadigan xarajatni (9,6-19,8 foizga) kamaytirish, dizel yonilg‘isi va ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini (16,3-18,1 foizga) oshirishni ta’minlovchi optimallashtirish ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Tumanlar qishloq xo‘jaligi texnikalarining ekspluatatsiya sarflari va ulardan foydalanish samaradorligi me’yorlari”ni belgilashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 dekabrdagi 03/016-3536-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida Sho‘manay tumanida aqlli texnologiyalarni fermer xo‘jaliklari faoliyatiga qo‘llangan holda belgilangan talab doirasida va shunga mos bo‘lgan traktorlarda yer haydashni tashkil qilish asosida xarajatlarni 9,6 foizdan 19,8 foizga qadar kamaytirish, dizel yonilg‘isidan foydalanish samaradorligini 16,3 foizdan 18,1 foizga qadar oshirish imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning kompleks o‘zgaruvchili modeli yordamida 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi hamda texnikadan foydalanish bo‘yicha istiqbol dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 dekabrdagi 03/016-3536-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi hamda texnikadan foydalanish bo‘yicha istiqboldagi ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini yaratgan.