Sharipov Sardor Begmaxmat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt830
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli xizmatlar ko‘rsatish va innovatsion salohiyatni oshirish, talab va taklif muvofiqligiga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligi monitoringi integral ko‘rsatkichlari tarkibida endogen omillariga ko‘ra ishlab chiqarishdan keying davrda xizmat ko‘rsatish darajasi va ekzogen omillar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish kafolatiga ustuvor ahamiyat berish yondashuvi taklif etilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmi ekologik omillarning xizmat ko‘rsatish jarayoniga, aksincha xizmat ko‘rsatishning ekologik tizimiga ta’siri monitoringi kabi komponentlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
raqobatbardoshlikni baholash uslubiyati korxonalar faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarning intensivligi, ta’sir etish oqibatlari darajasi va ko‘lami, omillarning davriy o‘zgarish oralig‘i kabi parametrlarning vazn qiymatlarini shakllantirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
milliy iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish segmentidagi korxonalar raqobat ustunligini ustuvor darajada innovatsion faoliyat, axborot ta’minoti va kadrlar malakasi hamda raqobatbardoshlik standartlari kabilarga ko‘ra xizmat ko‘rsatish korxonalarining raqobat ustunligi strategiyasini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillash-tirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
raqamli xizmatlar ko‘rsatish va innovatsion salohiyatni oshirish, talab va taklif muvofiqligiga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligi monitoringi integral ko‘rsatkichlari tarkibida endogen omillariga ko‘ra ishlab chiqarishdan keying davrda xizmat ko‘rsatish darajasi va ekzogen omillar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish kafolatiga ustuvor ahamiyat berish yondashuvi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2022-2023 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 27-oktyabrdagi 11/05-15-11682 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi endogen va ekzogen omillarni tasniflash orqali ularning intensiv rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmi ekologik omillarning xizmat ko‘rsatish jarayoniga, aksincha xizmat ko‘rsatishning ekologik tizimiga ta’siri monitoringi kabi komponentlarga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2022-2023 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 27-oktyabrdagi 11/05-15-11682 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan foydalanish xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshlik salohiyatini muayyan darajaga oshirish, ekologik omillarning xizmat ko‘rsatish jarayoniga ta’sirini monitoring qilish orqali baholash imkonini bergan;
raqobatbardoshlikni baholash uslubiyati korxonalar faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarning intensivligi, ta’sir etish oqibatlari darajasi va ko‘lami, omillarning davriy o‘zgarish oralig‘i kabi parametrlarning vazn qiymatlarini shakllantirishga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2022-2023 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish’” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 27-oktyabrdagi 11/05-15-11682 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobat ustunligi darajasini baholash aniqligini oshirish imkonini bergan;
milliy iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish segmentidagi korxonalar raqobat ustunligini ustuvor darajada innovatsion faoliyat, axborot ta’minoti va kadrlar malakasi hamda raqobatbardoshlik standartlari kabilarga ko‘ra xizmat ko‘rsatish korxonalarining raqobat ustunligi strategiyasini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2022-2023 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish’” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022-yil 27-oktyabrdagi 11/05-15-11682 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar boshqarma tarkibidagi korxona va tashkilotlar faoliyatining joriy va strategik maqsadlari bo‘yicha vazifalarini tizimlashtirish va istiqbolli chora-tadbirlar samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish