Begmullayev Otabek Irisaliyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiy nochor sanoat korxonalarini bozor sharoitlariga moslashtirish samaradorligini oshirish”, 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1969
Ilmiy rahbar: Muratova Shoxista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Rashid, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iqtisodiy nochor sanoat korxonalarini bozor sharoitlariga moslashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalarning iqtisodiy jihatdan nochorligini diagnostika qilish (baholash) yondashuvi yaqinlashib kelishi (sodir bo‘lishi) mumkin bo‘lgan nochorlik (inqiroz) alomatlarini baholash (uch pog‘onali) va negizida maqsadli chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
“Agregat zavodi” Aksiyadorlik jamiyatini ssenariyli rivojlantirish doirasida ichki imkoniyatlardan unumli foydalanish va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish orqali mahsulot ishlab chiqarish jarayonini maqbullashtirish va to‘liq siklli ishlab chiqarish tizimini tashkil qilish strategiyalari asoslangan;
sanoat ishlab chiqarishni iqtisodiy jihatdan nochorlik sharoitida ssenariyli rivojlantirish yondashuvi (metodologik yondashuvi) kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan inqirozli vaziyatlarning oqibatlarini bashorat qilishga ko‘ra (7-bosqich) takomillashtirilgan;
Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil qilish doirasida “Agregat zavodi” Aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini kamaytirishga qaratilgan rivojlanishning 2025 yilga qadar prognoz qiymatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sanoat korxonalarida innovasion salohiyatni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
korxonalar iqtisodiy nochorligini diagnostika qilish (baholash)ning takomillashtirilgan yondashuvidan “Agregat zavodi” AJning 2022 yil 5 apreldagi 18-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (“Agregat zavodi” AJning 2022 yil 7 apreldagi 04/78-22-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jamiyatda nochorlik tartib-taomilini tanlash qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatini baholashga va qarzdorlik resurslari, imkoniyatlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish hamda korxonaning to‘lovga layoqatlilik qobilyatini tiklanish koeffisiyentini 2022 yilda 0,07 birlikka oshirish imkonini bergan;
ssenariyli rivojlantirish strategiyalari ichki imkoniyatlardan unumli foydalanish va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish kabilarga ko‘ra mahsulot ishlab chiqarish jarayonini maqbullashtirish va to‘liq siklli ishlab chiqarish tizimini tashkil qilish bo‘yicha strategiyalar “Agregat zavodi” AJning 2022 yil 5 apreldagi 18-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (“Agregat zavodi” AJning 2022 yil 7 apreldagi 04/78-22-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar korxonaning Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tarkibiga kirish dav-rida samarali rivojlanish darajasini muayyan darajaga oshirish imkonini beradi;
kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan inqirozli vaziyatlarni bashorat qilishga ko‘ra ishlab chiqarishni iqtisodiy nostandart sharoitda tashkiliy-iqtisodiy rivojlantirishning takomillashtirilgan yondashuvdan “Agregat zavodi” AJni 2022-2025 yillarda rivojlantirishning dasturiy hujjatini tayyorlashda foydalanilib, Aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 5 apreldagi 18-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (“Agregat zavodi” AJning 2022 yil 7 apreldagi 04/78-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu takomillashtirilgan yondashuvning qo‘llanilishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini istiqboldagi real iqtisodiy shart-sharoitni to‘laroq e’tiborga olgan holda rivojlantirishning aniqlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil qilish doirasida “Agregat zavodi” AJning ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha rivojlanishning 2025 yilga qadar prognoz qiymatlari bo‘yicha takliflar “Agregat zavodi” AJni 2022-2025 yillarda rivojlantirishning dasturiy hujjatini tayyorlashda foydalanilib, Aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 5 apreldagi 18-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (“Agregat zavodi” AJning 2022 yil 7 apreldagi 04/78-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy qilish natijasida “Agregat zavodi” AJda ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini kamaytirish 2025 yilda 2022 yilga nisbatan 4,06 % ga kamaytirish imkonini beradi.