Karimova Dinara Batirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Miopiyali bolalarda katarakta jarrohlik amaliyotini takomillashtirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib890.
Ilmiy rahbar: Babadjanova Lola Djanonovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01. 
Rasmiy opponentlar: Musaev Gal`binur Pasha Ismoil o‘g‘li, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi); Kasimova Muniraxon Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozoqiston ko‘z kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti (Qozoqiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik-bioximik ko‘rsatkichlari asosida jarrohlik yo‘li bilan kirishga differensial yondashuv orqali miopik refraksiya fonida tug‘ma kataraktani jarrohlik davolash samaradorligini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma kataraktali bolalarda miopiya rivojlanish xavf omillari aniqlangan, bular onaning yoshi 35 yoshdan, 3 marotabadan ortiq takroriy tug‘ruq, miopiyani irsiylanishi hamda somatik holatni irsiylanishi ham katta ahamiyatga ega, shuningdek, bolalar serebral falaji, nerv tizimi perinatal patologiyasi, psixomotor rivojlanishni ortda qolishi, kichik miya disfunksiyasi, Daun sindromi, nistagm, g‘ilaylik, mikrokornea aniqlangan;
birinchi marotaba TK bo‘lgan bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasining umumiy va mahalliy ko‘rinishlarini aniqlash imkonini beruvchi diagnostika usullari majmuasi (metalloproteinaza miqdorini baholash) taklif qilindi, miopiya kechishida bu jarayonlarning korellyasiyasi aniqlangan;
gidrofob IOL implantatsiya qilish bilan miopiya fonida tug‘ma kataraktalar jarrohlik yo‘li bilan davolashning klinik samaradorligi asoslangan;
tug‘ma kataraktali bolalarda miopiya fonida qayta qurilgan sklera to‘qimasi jarrohlik davoni shoh parda orqali kirish yo‘li bilan amalga oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Miopiyali bolalarda tug‘ma kataraktani tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan korreksiya qilish usullarini takomillashtirishning zamonaviy jihatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
miopiyali ko‘zda tug‘ma katarakta bilan tashhislangan bemorlarda katarakta jarrohlik davosiga asoslangan tashhislash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqarilgan "Miopiyali ko‘zda tug‘ma kataraktani jarrohlik davolashda jarrohlik kesmasini shakllantirish usullari" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 8n-r/156-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomada miopiya fonida tug‘ma kataraktali bemorlarda jarrohlik amaliyoti kesma turlari, ularning solishtirma tahlili, jarrohlik erta va kech davrlarida yuzaga keladigan asoratlar tahlillari asosida jarrohlik kesma turlari tavsiya qilishga imkon bergan;
miopiyali ko‘zda tug‘ma katarakta bilan tashhislangan bemorlarda katarakta jarrohlik davosiga asoslangan tashhislash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqarilgan "Miopiya bilan og‘rigan bolalarda katarakta ekstraksiyasi paytida implantatsiya uchun ko‘z ichi linzasining optimal modelini tanlash" nomli uslubiy tavsiyanoma  tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 8n-r/155-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomada miopiya fonida tug‘ma kataraktali bemorlarda jarrohlik amaliyotida gidrofob hamda gidrofil intraokulyar linza implantatsiyasi, ularning solishtirma tahlili, jarrohlik erta va kech davrlarida yuzaga keladigan asoratlar tahlillari asosida IOL implantatsiya turlari tavsiya qilishga imkon bergan;
miopiyali ko‘zda tug‘ma katarakta bilan tashhislangan bemorlarda klinik-patogenetik va davolash jihatlari shakillanishida asoslash natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, shu jumladan Respublika 1-sonli Toshkent shahar klinik shifoxonasi va Buxoro viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasining amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 28 mart 2021 yilgi 8 n-d/117-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etish natijasida miopiyali bolalarning qonida metalloproteinaza darajasini tug‘ma katarakta bilan birgalikda o‘rganish diagnostika va davolash sifatini takomillashtirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish