Tug‘yonov Zohid Tolibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Noarximed normalangan maydonlar ustida davriy o‘lchovlar qurish”, 01.01.01 – “Matematik analiz” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/FM834
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Ayupov Shavkat Abdullayevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik.
Rasmiy opponentlar: Kudaybergenov Karimbergen Kadirbergenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Sattarov Iskandar Abu-aliyevich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qiymatlari p-adik sonlar maydonida bo‘lgan
p-adik davriy taqsimotlarning yangi sinflarini qurish va topilgan taqsimotlar uchun chegaralanganlik shartlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noarximed va Arximed maydonlarida davriy o‘lchov tushunchasi kiritilib, [0;1) to‘plamda haqiqiy davriy o‘lchov qurilgan hamda uning har qanday bo‘laklashlari uchun haqiqiy davriy o‘lchov mavjudligining zaruriy sharti isbotlangan;
p-adik butun sonlar to‘plamining ba’zi bo‘laklashlari uchun p-adik davriy taqsimotlarning umumiy ko‘rinishi topilgan hamda p-adik butun sonlar to‘plamining har qanday bo‘laklashlari uchun p-adik davriy taqsimotlar mavjud bo‘lishining zaruriy sharti isbotlangan;
p-adik butun sonlar to‘plamining ko‘pi bilan sanoqli bo‘laklashlariga nisbatan Bernulli taqsimotlari davriy bo‘lmasligi hamda topilgan p-adik taqsimotlarning chegaralanganligi isbotlangan;
p-adik butun sonlar to‘plamida aniqlangan ma’lum p-adik taqsimotlardan foydalanib, yangi taqsimot qurish usullari bayon qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Noarximed normalangan maydonlarda davriy o‘lchovlar qurish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Arximed maydonlarida qurilgan haqiqiy davriy taqsimotlar va noarximed
p-adik butun sonlar to‘plamining ko‘pi bilan sanoqli bo‘laklashlariga nisbatan Bernulli taqsimotlari davriy bo‘lmasligi hamda topilgan p-adik taqsimotlarning chegaralanganligidan G0003247 raqamli “Panjarali modellar renormalizatsion gruppasiga mos xaotik va qorishma p-adik dinamik sistemalar” mavzusidagi xorijiy grant loyihasida Keli daraxtidagi eng yaqin qo‘shnilari bo‘yicha ta’sirlashuvchi turli modellar uchun p-adik Gibbs o‘lchovlarini topishda foydalanilgan (Birlashgan Arab Amirliklari universitetining 2022-yil 1-iyundagi ma’lumotnomasi, BAA). Ilmiy natijaning qo‘llanishi umumlashgan Gibbs o‘lchovlarini qurish imkonini bergan;
p-adik butun sonlar to‘plamining bo‘laklashlari uchun p-adik davriy taqsimotlarning umumiy ko‘rinishi va p-adik butun sonlar to‘plamining har qanday bo‘laklashlari uchun p-adik davriy taqsimotlar mavjudligidan FRGS 17-027-0593 raqamli “Xaos faza almashishini keltirib chiqaradi: p-adik Gibbs o‘lchovlarining yangi sinfini topishda p-adik dinamik sistema usuli” mavzusidagi xorijiy grant loyihasida statistik fizikaning bir nechta modellariga mos p-adik davriy Gibbs o‘lchovlari to‘plamini tavsiflashda foydalanilgan (Malayziya Xalqaro Islom universitetining 2022-yil 3-iyundagi ma’lumotnomasi, Malayziya). Ilmiy natijaning qo‘llanishi noarximed fizik sistemalar uchun faza almashishini tavsiflovchi parametrlarni topish imkonini bergan.