Xadjiev Azamat Shamuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi noorganik xomashyolari asosidagi yangi turdagi qo‘shimchali kompozision bog‘lovchi materiallarning texnologiyasi va xossalari», 02.00.13 - Noopganik moddalap va ulap acocidagi matepiallap texnologiyaci (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3023.
Ilmiy rahbar: Atabaev Farrux Baxtiyarovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.T.55.06.
Rasmiy opponentlar: Alimov Umarbek Kadirbergenovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Iskanderov Axmed Maksetbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yi noorganik xomashyolari asosidagi yangi turdagi qo‘shimchali kompozision bog‘lovchi materiallarning texnologiyasini ishlab chiqish va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor «Karakalpak sement» QK MChJ PS klinkeri, Xo‘jako‘l koni peschanigi va Qoratov koni porfiritlari kompleks tahlil qilinib, ular asosida kompozision noorganik bog‘lovchi olish imkoniyati isbotlangan;
mineral qo‘shimchalarni mexanik faollashtirish hisobiga ularning mineralogik va strukturaviy tarkiblari nanostrukturali amorflashgan ko‘rinishga o‘zgarishi aniqlangan;
“klinker - porfirit” va “klinker - peschanik” sistemasida ularni kompleks tahlilidan kelib chiqib, St`yudent mezoni bo‘yicha gidravlik faolligi qiymati va erkin ohakni yutish bo‘yicha pussolan qobiliyati tadqiq qilingan va shundan kelib chiqib namunalar olingan hamda mexanik mustahkamlik ko‘rsatkichi ustunligi isbotlangan;
taklif qilingan qo‘shimchalarni qo‘shish hisobiga an’anaviy portlandsement markasini davlat andozalari talabi doirasida saqlagan holda mahsulot chiqimini 20% gacha oshishi isbotlangan;
sementlarda S3Ani ulushi kamayishi va gidroalyuminatlar kam miqdorda hosil bo‘lishi hisobiga, alyuminiy ionlari kal`siy gidrosilikatlarini strukturasiga kirib, sement kompozitini PS400-D0 darajasida zichlanishi va mustahkamlanishida yetakchi o‘rin tutadigan, tobermoritni A1-li analogi – filippsit hosil bo‘lishi ehtimoli asoslangan;
porfrit va peschanikni qayta ishlab ulardan sement klinkerini yanchish hisobiga olingan kompozision bog‘lovchi materiallar texnologiyasi ishlab chiqilgan va olingan namunalarning xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi turdagi noorganik qo‘shimchali kompozision bog‘lovchi materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoratov koni porfiriti va Xo‘jako‘l koni peschanigi kiritilgan kompozision bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi «Karakalpak sement» QK MChJda amaliyotga joriy etilgan («O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushmacining 2022 yil 4 noyabrdagi 05/15-2748-con ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori haroratda olinadigan klinkerni 20% gacha iqtisod qilib, kompozision bog‘lovchi material ishlab chiqarishni sanoat miqyosida yo‘lga qo‘yish imkonini bergan;
yangi turdagi “klinker - porfirit” va “klinker - peschanik” tarkibli bog‘lovchi materiallar olish texnologiyasi «Titansement» QK MChJning “amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushmacining 2022 yil 4 noyabrdagi 05/15-2748-con ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolaridan foydalanib davlat standartlariga to‘la javob beruvchi kompozision bog‘lovchi material olish imkonini beradi.