Raxmonov Sherzod Sherkulovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag‘lari hisobi va tahlilini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1008
Ilmiy rahbar: To‘raev Abdurahim Nortojievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag‘lari hisobi va tahlilini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag‘lari hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga moslashtirish uchun 5620-«Pul ekvivalentlari (yuqori likvidli investisiyalar)» nomli ishchi sintetik schyotni hisob siyosatiga kiritish orqali axborot berish imkoniyatlari oshirilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag‘lari hisobining tarkibiy qismi hisoblangan elektron pullar aylanmasini hisobda aniq aks ettirish maqsadida 5540-«Elektron pul mablag‘lari hisobi» nomli ishchi sintetik schyotni hisob siyosatiga kiritish asoslangan;
tayyor mahsulotlar (tovar, ish va xizmatlar)ni sotishdan tushgan pul mablag‘larini aniqlash maqsadida sotish hajmini savdo debitorlik qarzlarining o‘zgarishiga qayta hisoblash uchun sof sotish hajmini savdo chegirmalari va xaridorlardan qaytarilishlar summalariga muvofiqlashtirish taklif etilgan;
qurilish korxonalarida tovar-moddiy zaxiralar, debitorlik va kreditorlik qarzlari kabi omillar ta’sirida operatsion, investision va moliyaviy faoliyatdagi pul oqimlarining 2026 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag‘lari hisobi va tahlilini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag‘lari hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga moslashtirish uchun 5620-«Pul ekvivalentlari (yuqori likvidli investisiyalar)» nomli ishchi sintetik schyotni hisob siyosatiga kiritish taklifi «O‘zmaxsusmontajqurilish» AK amaliyotiga joriy etilgan. («O‘zmaxsusmontajqurilish» AKning 2022 yil 8 sentyabrdagi 01-262/08-22-son ma’lumotnomasi, «Ohangaronsement» AJning 2022 yil 6 martdagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada, pul ekvivalentlarining mazmuni, shakllanish muddatlari hamda tarkibiy tuzilishi bo‘yicha hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirish orqali samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qilgan.
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag‘lari hisobining tarkibiy qismi hisoblangan elektron pullar aylanmasini hisobda aniq aks ettirish maqsadida 5540-«Elektron pul mablag‘lari hisobi» nomli ishchi sintetik schyotni hisob siyosatiga kiritish taklifi «O‘zmaxsusmontajqurilish» AJ amaliyotiga joriy etilgan. («O‘zmaxsusmontajqurilish» AJning 2022 yil 8 sentyabrdagi 01-262/08-22-son ma’lumotnomasi, «Ohangaronsement» AJning 2022 yil 6 martdagi 12-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni aksiyadorlik kompaniyasining hisob siyosatiga kiritilishi elektron pullar aylanmasini hisobda aniq aks ettirishni ta’minlab bergan hamda ushbu faoliyat bo‘yicha pul oqimlarini baholash va nazorat qilish osonlashgan.
tayyor mahsulotlar (tovar, ish va xizmatlar)ni sotishdan tushgan pul mablag‘larini aniqlash maqsadida sotish hajmini savdo debitorlik qarzlarining o‘zgarishiga qayta hisoblash uchun sof sotish hajmini savdo chegirmalari va xaridorlardan qaytarilishlar summalariga muvofiqlashtirish taklifi «O‘zmaxsusmontajqurilish» AK amaliyotiga joriy etilgan. («O‘zmaxsusmontajqurilish» AKning 2022 yil 8 sentyabrdagi 01-262/08-22-son ma’lumotnomasi, «Ohangaronsement» AJning 2022 yil 6 martdagi 12-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida sof tushum hajmi va debitorlik qarzlarining o‘zgarishi muvofiqlashtirilgan va sotishdan tushgan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchligi, to‘liqligi va ob’ektivligini oshirishga erishilgan;
qurilish korxonalarida tovar-moddiy zaxiralar, debitorlik va kreditorlik qarzlari kabi omillar ta’sirida operatsion, investision va moliyaviy faoliyatdagi pul oqimlarining 2026 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish taklifi «O‘zmaxsusmontajqurilish» AK amaliyotiga joriy etilgan. («O‘zmaxsusmontajqurilish» AKning 2022 yil 8 sentyabrdagi 01-262/08-22-son ma’lumotnomasi). Natijada pul mablag‘lari va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar ta’siri o‘rganilgan, korxonadagi pul oqimlarining keyingi besh yillikdagi prognoz ko‘rsatkichlari tahlil qilingan hamda «O‘zmaxsusmontajqurilish» AK faoliyatida qo‘llash uchun tavsiya qilingan.