Rafikova Dilafruz Kaxxoraliyevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik ta’limni modernizatsiyalash sharoitida talabalarning amaliy tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasi”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped2578.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Karimova Mukaddas Otajonovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinova, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkabayeva Nigora Shermotovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik ta’limni modernizatsiyalash sharoitida talabalarning amaliy tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning amaliy tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari pedagog kadrlar buyurtmachilari ehtiyoj va talablarini muntazam o‘rganib borish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasi hamda pedagogik ta’lim komponentlari uzviyligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning amaliy tayyorgarligini takomillashtirish modeli pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirishning o‘quv-metodik ta’minoti hamda shaxsga yo‘naltirilgan muammoli o‘qitish va mantiqiy fikrlash jarayonlarining adekvat uyg‘unligini ta’limiy maqsadlar yaxlitligiga mosligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
talabalarning amaliy tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari pedagogik jarayonning motivatsion komponentlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish hamda talabalarni o‘quv-bilish faoliyati rivojlanish traektoriyasini didaktik maqsadlarga integrativ moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
talabalarning amaliy tayyorgarligi pedagogik vaziyatga mos loyihalash texnologiyasi baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatiy mezonlari dinamikasi uyg‘unligini sub’ektiv omillar produktiv ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan pedagogik mikromuhitni intensiv yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik ta’limni modernizatsiyalash sharoitida talabalarning amaliy tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning amaliy tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari pedagog kadrlar buyurtmachilari ehtiyoj va talablarini muntazam o‘rganib borish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasi hamda pedagogik ta’lim komponentlari uzviyligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflardan “Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-sonli bo‘yrug‘i asosida berilgan 538-169 raqamli nashr ruxstnomasi), (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 23 noyabr 02-07-son 4200/04-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-metodik manbalar, meyyoriy-huquqiy hujjatlar, o‘qituvchilik kasbining rivojlanishi tendensiyasi talabalarning amaliy tayyorgarligini takomillashtirining pedagogik imkoniyatlarini taxlil etishga erishilgan;
talabalarning amaliy tayyorgarligini takomillashtirish modeli pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirishning o‘quv-metodik ta’minoti hamda shaxsga yo‘naltirilgan muammoli o‘qitish va mantiqiy fikrlash jarayonlarining adekvat uyg‘unligini ta’limiy maqsadlar yaxlitligiga mosligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik ta’limni modernizatsiyalash sharoitida talabalarning amaliy tayyorgarligini takomillashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan 233-0249 raqamli nashr ruxsatnomasi, Toshkent davlat universitetining 2022 yil 23 noyabr 02-07-son 4200/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning amaliy tayyorgarligini pedagogik vaziyatga oid masalalar vositasida rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan; 
talabalarning amaliy tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari pedagogik jarayonning motivatsion komponentlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish hamda talabalarni o‘quv-bilish faoliyati rivojlanish traektoriyasini didaktik maqsadlarga integrativ moslashtirish asosida takomillashtirishga doir ishlanmalar Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan PZ-20170930223 “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 23 noyabr 02-07-son 4200/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning amaliy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv kursi mazmuni va uni joriy etish dasturini takomillashtirishga erishilgan; 
talabalarning amaliy tayyorgarligi pedagogik vaziyatga mos loyihalash texnologiyasi baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatiy mezonlari dinamikasi uyg‘unligini sub’ektiv omillar produktiv ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan pedagogik mikromuhitni intensiv yaratish asosida takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar “Pedagogik ta’limni modernizatsiyalash sharoitida talabalarning amaliy tayyorgarligini takomillashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli bo‘yrug‘i asosida berilgan 233-0249 raqamli nashr ruxstnomasi, Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 23 noyabr 02-07-son 4200/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning amaliy tayyorgarligini rivojlantirish rejalarini takomillashtirish samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish