Qudratov Islomitdin Abdig‘ani o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qurlish materiallari karyerlarida portlatish ishlarida gidrogel tiqinlarni qo‘llashni tadqiq qilish va asoslash», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, yer osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2808.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Dilmurod Raxmatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Urinov Sherali Raufovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Nazarov Zair Sadikovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish materiallari karyerlarida qoyali tog‘ jinslarini portlatish usullarini ishlab chiqish va asoslash hamda portlatiladigan kon massivini maydalanish sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
portlovchi modda zaryadining portlashi natijasida hosil bo‘lgan bosimini va skvajinadan chiqadigan gidrogelning otilish vaqtini aniqlash uchun matematik model ishlab chiqilgan va portlovchi modda energiyasining tog‘ jinsi massiviga ta’sir vaqti ortishi aniqlangan;
gidrogel tiqinli portlovchi modda zaryadlarining portlatishidan tog‘ jinsi maydalash zonasi, uning qiymati zaryad radiusi, sanoat portlovchi moddalarining energiya ko‘rsatkichlari, gidrogelning mavjudligini hisobga oladigan koeffisientga to‘g‘ri proporsionalligi va tog‘ zarralari otilishining kritik tezligiga teskari proporsionalligi aniqlangan;
har xil turdagi tiqin qo‘llanilganda skvajinadagi portlovchi modda zaryadlarining parametrlarini chetki-elementlar uslubida izlanishlar amalga oshirilgan va natijada gidrogel tiqinidan foydalanganda skvajinaning tog‘ jinsi massivi maydalash darajasini oshirish imkonini berishi aniqlangan;
skvajina portlovchi modda zaryadida har xil turdagi tiqinlardan foydalanganda tog‘ jinsi massivining kuchlanganlik holatini belgilovchi siqilish kuchlanishlarini parametrlarini hisoblash algoritmi va matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish materiallari karyerlarida portlatish ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tog‘ jinsi massivini gidrogel tiqini yordamida portlatish usuli 2-son MMKJga qarashli «Vostochniy baliklitov» va «Jannat tarovati» MCHJ ohaktosh karyerlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 19 oktyabrdagi 05/15-2598-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan portlatish uslubiga ko‘ra noo‘lchamlar 16% dan 9% gacha kamaytirish, maydalanish darajasining oshishi ekskavatorlarning unumdorligini 4-5% ga oshirish va ikkilamchi maydalash xarajatlari xamda burg‘ilash va portlatish ishlarining boshqa xarajatlari hisobidan 1 m3 tog‘ jinsi uchun 837 so‘m iqtisodiy samarasiga erishish imkonini bergan;
skvajina portlovchi modda zatyadlarida gidrogel tiqinlarni qo‘llash orqali burg‘ilash va portlatish ishlarini olib borishni samarali o‘lchamlari 2-son MMKJga qarashli «Vostochniy baliklitov» va «Jannat tarovati» MCHJ ohaktosh karyerlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 19 oktyabrdagi 05/15-2598-son ma’lumotnomasi). Natijada, portlatish skvajina setkalari o‘lchamlarini 3,5x3,5 metrdan 3,8x3,8 metrgacha oshirish imkonini bergan.