Marasulova Dono Nigmatullayevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2054.
Ilmiy rahbar: Djamilova Nargiza Nuritdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abdurahimova Dilfuza Aliyevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Nazirova Go‘zal Malikovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda multimedia texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari o‘yinli-ijodiy muhitni yaratishga qaratilgan motivatsion-rag‘batlovchi, mazmunli-faoliyatli, emotsional-baholovchi komponentlar integrasiyasi hamda ijodiy-nutqiy faollikka yo‘naltiruvchi funksiyalarni rivojlantirish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilini o‘rgatish samaradorligi amaliy faoliyat tajribasini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan o‘z nutqini rivojlantirish, birgalikdagi faol harakat hamda muloqot jarayonida nutqiy kompetensiyalarni namoyon etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish modeli kognitiv-o‘yinli, kommunikativ- ijodiy turlarini birgalikda va individual faoliyatga mos ketma-ket harakatlar bilan uyg‘unligini jadallashtirish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish mezonlari shaxsiy va nutqiy faolligini oshirishning ta’limiy maqsadlarga mosligini adaptiv-didaktik topshiriqlar mazmuniga uyg‘un tarzda bosqichma-bosqich kiritib borish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda multimedia texnologiyalaridan foydalanishga doir tadqiqot natijalari asosida:
    integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari o‘yinli-ijodiy muhitni yaratishga qaratilgan motivatsion-rag‘batlovchi, mazmunli-faoliyatli, emotsional-baholovchi komponentlar integrasiyasi hamda ijodiy-nutqiy faollikka yo‘naltiruvchi funksiyalarni rivojlantirish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalangan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 14 fevraldagi 02-07-455/04-son ma’lumotnomasi). Natijada integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilini multimedia texnologiyalari asosida o‘rgatishning xususiyatlarini aniqlashga erishilgan;
    integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilini o‘rgatish samaradorligi amaliy faoliyat tajribasini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan o‘z nutqini rivojlantirish, birgalikdagi faol harakat hamda muloqot jarayonida nutqiy kompetensiyalarni namoyon etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 14 fevraldagi 02-07-455/04-son ma’lumotnomasi). Natijada integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilini multimedia texnologiyalaridan foydalanish jarayonini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish modeli kognitiv-o‘yinli, kommunikativ- ijodiy turlarini birgalikda va individual faoliyatga mos ketma-ket harakatlar bilan uyg‘unligini jadallashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalangan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 14 fevraldagi 02-07-455/04-son ma’lumotnomasi). Natijada integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilini multimedia texnologiyalari asosida o‘rgatish modeli takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish mezonlari shaxsiy va nutqiy faolligini oshirishning ta’limiy maqsadlarga mosligini adaptiv-didaktik topshiriqlar mazmuniga uyg‘un tarzda bosqichma-bosqich kiritib borish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 14 fevraldagi 02-07-455/04-son ma’lumotnomasi) . Natijada integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilini orgatishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish mezonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish