Mirzakarimov Baxromjon Xalimjonovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi tug‘ma ko‘krak qafasi deformatsiyalarida rekonstruktiv operatsiyalar», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib174.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Mametov Ravshan Raimberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston Respublikasi); Xodjimatov G‘ulomidin Minxodjievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ollabergenov Odilbek Tojiddinovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Grodno davlat tibbiyot universiteti (Belorus Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ko‘krak qafasi tug‘ma girdobsimon va kilsimon deformatsiyasi aniqlangan bolalarni xirurgik davolash natijalarini bemorlar yoshiga ko‘ra kam jarohatli va metall konstruksiyalarsiz bir bosqichli rekonstruktiv torakoplastika usullarini ishlab chiqish orqali yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir muassasa doirasida katta xajmdagi klinik materialda ko‘krak qafasi deformatsiyalari tarkibida ko‘krak qafasi tug‘ma girdobsimon va ko‘krak qafasi tug‘ma kilsimon deformatsiyalarining uchrash darajasi aniqlangan;
bir bosqichda, ichki va tashqi fiksatorlar hamda metall konstruksiyalarsiz amalga oshiriluvchi, ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasini korreksiyalashga imkon beruvchi xirurgik taktika asoslangan;
ko‘krak qafasi deformatsiyasi aniqlangan bolalarda kardiorespirator tizim funksional zaxirasini tashrixdan avvalgi va keyingi natijalarini baholash orqali deformatsiyani bartaraf qiluvchi rekonstrutiv tashrixlar afzalliklari va samaradorligi asoslangan;
deformatsiyalangan qovurg‘a tog‘aylari matriksida II-turdagi kollagen tolalarning miqdoriy o‘zgarishi, hujayralarning erta qarishi bilan kechuvchi amiantoid transformatsiyaning ko‘krak qafasi deformatsiyalari rivojlanishi va biriktiruvchi to‘qima displaziyasining klinik darajasi bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘krak qafasi deformatsiyalari aniqlangan bemor bolalarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bolalarda ko‘krak qafasining kilsimon deformatsiyalarini xirurgik davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda ko‘krak qafasi kilsimon deformatsiyasida rekonstruktiv jarroxlik usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 sentyabrdagi 8n-r/994-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar ko‘krak qafasi deformatsiyasi bilan tug‘ilgan bemor bolalarni xirurgik usulda davolashda maxalliy to‘qimlardan foydalangan holda to‘sh-qovurg‘a majmuasini korreksiyalangan holda ushlab turish imkonini bergan;
bolalarda ko‘krak qafasining girdobsimon deformatsiyalarini xirurgik davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bolalar ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasida rekonstruktiv jarroxlik usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 sentyabrdagi 8n-r/994-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar kichik yoshdagi bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasini xirurgik davolashning kamjarohatchan usuli qo‘llanilganda deformatsiyani erta korreksiya qilish, shuningdek turli metall konstruksiyalarga ehtiyoj va u bilan bog‘liq takroriy tashrix o‘tkazish zaruratini bartaraf etish imkonini bergan.
ko‘krak qafasi deformatsiyasi aniqlangan bolalarga xirurgik yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, shuningdek Marg‘ilon shahar bolalar shifoxonasi jarroxlik bo‘limlari faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 sentyabrdagi 8n-r/994-son ma’lumotnomasi). Ko‘krak qafasi deformatsiyasini bartaraf qilishning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish KQGD aniqlangan bolalarda yaxshi davo natijalarini 54,0% dan 92,8% gacha oshirish, deformatsiya residivini 10 martagacha kamaydtirish imkonini bergan. KQKD da esa intraoperatsion asoratlarni 48,7% dan 13,4% gacha kamaytirish, operatsiyadan keyingi yaqin davrda og‘riq sindromini 2,5 martaga kamaytirish imkonini bergan.