Yo‘ldoshev Farhodjon Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim natijalarini diagnostika va korreksiya qilish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped492.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfatjon Ilxomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shermatova Umida Sapayevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim natijalarini diagnostika va korreksiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim egallashidagi bo‘shliqlarni korreksiyalash mexanizmlari pedagogik diagnostika mezonlarini korreksiyalash jarayoniga nisbatan operatsion faoliyatli qo‘llash va didaktik natijalarni ta’lim muhitiga muqobillik asosda moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim natijalarini diagnostika va korreksiya qilish bosqichlari solishtirish, qiyoslash, prognozlash metodlarini innovatsion ta’lim muhitida invariant qo‘llash va ta’limning variativlik shakllarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim natijalarini diagnostika va korreksiya qilish modeli modellashtirishning universallik va normativlik tamoyillarini uning ta’kidlovchi va bashoratlash funksiyalari mazmuniga kvalimetrik baholash ko‘rsatkichlari yordamida singdirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim natijalarini diagnostika va korreksiya qilish mexanizmlari ko‘nikma va malakaga asoslangan refleksiv texnologiyalar mazmunini tayanch, umumiy va xususiy kompetensiyalar bilan bog‘liq holda izohlash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim natijalarini diagnostika va korreksiya qilish texnologiyasi mavzusi doirasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
modellashtirishning universallik va normativlik tamoyillarini uning ta’kidlovchi va bashoratlash funksiyalari mazmuniga kvalimetrik baholash ko‘rsatkichlari yordamida singdirish asosida takomillashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim natijalarini diagnostika va korreksiya qilish modeli, ko‘nikma va malakaga asoslangan refleksiv texnologiyalar mazmunini tayanch, umumiy va xususiy kompetensiyalar bilan bog‘liq holda izohlash asosida takomillashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim natijalarini diagnostika va korreksiya qilish mexanizmlari borasidagi xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 28 noyabrdagi 01/11-01/1-1793-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim natijalarini diagnostika va korreksiya qilish mexanizmlari borasida innovatsion faoliyatni tashkil etish, axborot maydoni va media muhitni yaratishga xizmat qilgan;
pedagogik diagnostika mezonlarini korreksiyalash jarayoniga nisbatan operatsion faoliyatli qo‘llash va didaktik natijalarni ta’lim muhitiga muqobillik asosda moslashtirish orqali takomillashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim egallashidagi bo‘shliqlarni korreksiyalash mexanizmlari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim natijalarini diagnostika va korreksiya qilish tizimi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 23 dekabrdagi №394-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’limiy natijalarini o‘rganish jarayonida fikrlash qobiliyatining moslashuvchanligini rivojlantirish ushbu jarayonning zarur va muhim komponentlaridan biri sifatida namoyon bo‘lishiga xizmat qilgan;
solishtirish, qiyoslash, prognozlash metodlarini innovatsion ta’lim muhitida invariant qo‘llash va ta’limning variativlik shakllarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim natijalarini diagnostika va korreksiya qilish bosqichlari, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini baholash mezonlari asosida takomillashtirishga doir takliflardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 23 dekabrdagi 394-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim jarayonidagi natijalarini diagnostika qilishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashtirish, korreksion-rivojlantiruvchi harakatlar faoliyatini amalga oshirishga erishilgan.