Eshonkulova Ma’suda Xabibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarbiyachilarni maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida konstruksiyalash ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash metodikasi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
II.Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1597.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Djumayev Mamanazar Irgashevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Majidova Ra’no Urishevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Rejametova Nilufar Ilxamovna, falsafa fanlari doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarbiyachilarni maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida konstruksiyalash ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarbiyachilar tomonidan “bolalarda konstruksiyaga oid bilim berish”ni shakllantirishning metodik tayyorgarligi “Ilk iadam dasturi” asosida takomillashtirilib, konstruksiyaga oid ko‘nikma tushunchasining didaktik tamoyillarga asoslangan imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilar tomonidan “maktabga tayyorlov guruhlarida konstruksiyaga oid bilim”ni shakllantirish jarayonini samarali amalga oshirish mexanizmi mazmunan takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida konstruksiyalash ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash metodikasi bo‘lajak tarbiyachilar kasbiy kompetensiyasini maqsadli takomillashtirish, faoliyatli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida konstruksiyalash ko‘nikmalarini shakllantirishning yuqori, o‘rta, past daraja ko‘rsatkichlari me’zonlari aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarbiyachilarni maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida konstruksiyalash ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash metodikasi jarayonini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish mezonlari va daraja ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish modelining mazmunli blokini loyihalash, “Ilk qadam” tayanch dasturi talabalarni kasbiy - pedagogik faoliyatga tayyorgarlik darajasini ifodalovchi baholash ko‘rsatkichlari refleksivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatida 5111800 – Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 maydagi 89-03-3943-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumkasbiy fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni innovatsion texnologiyalar orqali tashkil etishda yuqopi samaradorlikka erishilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida konstruksiyalash ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash metodikasi bo‘lajak tarbiyachilar kasbiy kompetensiyasini maqsadli takomillashtirish, faoliyatli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarga ko‘ra takomillashtirilgan hamda bo‘lajak tarbiyachilarni maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida konstruksiyalash ko‘nikmalarini shakllantirishning yuqori, o‘rta, past daraja ko‘rsatkichlari me’zonlari aniqlashtirilganpedagogik oliy ta’lim muassasalari uchun “Bolalarning matematik tasavvurlarni shakllantirish” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166/2-002-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalari “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan.