Abdullayev Sobirjon Soxib o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim jarauonida talabalarda ijtimoiu daxldorlik fazilatini rivojlantirishning redagogik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2060.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Erkaboyeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Xodjayev Begzod Xudoyberdiyevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Asqarova O‘g‘ulxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim jarayonida talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatini rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy daxldorlik fazilati mazmunli, jarayonli, kommunikativ, motivatsion-qadriyatli komponentlarni o‘zida aks ettirishi, turli sotsial rollarni amalga oshirish vositasida jamiyat bilan integratsiyasini ta’minlaydigan ijtimoiy bilim va ko‘nikmalar, amaliy faoliyat tajribasi va qobiliyatlar majmui sifatida shaxs ijtimoiylashuvi barqarorligiga produktiv ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatini rivojlantirish jarayonining amaliy (hayotiy faoliyat), adaptiv (shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatni anglash), integratsion (ijtimoiy guruhlar va jamoatchilik bilan hamkorlik), maqomli (jamiyatda o‘z o‘rnini topish), rolli (ijtimoiy-madaniy me’yorlarni o‘zlashtirish) kabi funksiyalari fuqarolik va kasbiy pozisiyasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
ta’lim jarayonida talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatini rivojlantirish modelining tashkiliy-pedagogik komponenti bo‘lajak mutaxassisning ijtimoiy-iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy, kommunikativ tayyorgarligini shakllantirishga yo‘naltirilgan “Ijtimoiy daxldorlikni rivojlantirish metodikasi” elektiv kursini “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” moduli bilan fanlararo integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatini rivojlantirishning ta’lim jarayonida uzviylik va uzluksiz tamoyilini hisobga olish, ijtimoiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan hayotiy va kasbiy vaziyatlarni modellashtirish kabi pedagogik shart-sharoitlari kompetensiviy yondashuvga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim jarayonida talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatini rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
ijtimoiy daxldorlik fazilati mazmunli, jarayonli, kommunikativ, motivatsion-qadriyatli komponentlarni o‘zida aks ettirib, turli sotsial rollarni amalga oshirish vositasida jamiyat bilan integratsiyasini ta’minlaydigan ijtimoiy bilim va ko‘nikmalar, amaliy faoliyat tajribasi va qobiliyatlar majmui sifatida shaxs ijtimoiylashuvi barqarorligiga produktiv ta’sir ko‘rsatishini asoslash, talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatini rivojlantirish jarayonining amaliy, adaptiv, integratsion, maqomli, rolli kabi funksiyalarini fuqarolik va kasbiy pozisiyasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir takliflardan Toshkent davlat pedagogika universiteti bajarilgan PZ-20170923121. “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” (2017-2020 yy.) amaliy loyihasining talabalarda hamkorlikda ishlash kompetensiyasini shakllantirish qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 noyabrdagi 02-07-4107/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatini rivojlantirishning kompetensiyaviy yondashuv bilan uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilgan;
ta’lim jarayonida talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatini rivojlantirish modelining tashkiliy-pedagogik komponentini bo‘lajak mutaxassisning ijtimoiy-iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy, kommunikativ tayyorgarligini shakllantirishga yo‘naltirilgan “Ijtimoiy daxldorlikni rivojlantirish metodikasi” elektiv kursini “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” moduli bilan fanlararo integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti bajarilgan PZ-20170923121. “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” (2017-2020 yy.) amaliy loyihasining talabalarda hamkorlikda ishlash kompetensiyasini shakllantirish qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 noyabrdagi 02-07-4107/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatini rivojlantirishning hamkorlikda o‘qitish texnologiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatini rivojlantirishning ta’lim jarayonida uzviylik va uzluksiz tamoyilini bevosita hisobga olish, ijtimoiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan hayotiy va kasbiy vaziyatlarni modellashtirish kabi pedagogik shart-sharoitlarini kompetensiviy yondashuvga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti bajarilgan PZ-20170923121. “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” (2017-2020 yy.) amaliy loyihasining maktab va oliy ta’lim hamkorligini ta’minlashning pedagogik mexanizmlari qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 noyabrdagi 02-07-4107/04-son dalolatnomasi). Natijada, auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.